Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi

Dunyo1 daqiqa o'qish807
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Shveytsariyada 30 mingdan ortiq ukrainalik qochoq maqomidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning migratsiya bo‘yicha Davlat kotibiyati ma’lum qildi. Oy boshiga nisbatan ularning soni 199 kishiga oshgan.

«Dushanba, 17 mart — joriy raqamlar... 30 918 kishi S-maqomidan bekor qilindi», — deyiladi X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarda. 68 mingdan ortiq ukrainalik mazkur maqomni faol saqlab qolgan. Bu 3 martga nisbatan 133 kishiga ko‘p demak.

Noyabr oxirlarida Shveytsariya parlamentida ko‘pchilik o‘ringa ega Milliy konservativ partiyasi (UDC) Ukrainaga ko‘p milliardlik yordam ko‘rsatishga qarshi chiqqandi. UDC vakillari xuddi shunday fikrni ukrainaliklarga qochoq maqomi berish masalasida ham bildirgan.

«Shveytsariya S-maqomdan foydalanuvchi 65 ming ukrainalikka vaqtinchalik himoya taqdim etdi. Shundan buyon ushbu chora-tadbirlar uchun salkam 3 milliard frank sarflandi… Ushbu hayratlanarli summaga qaramay, Federal kengash qo‘shimcha 185 million frank kredit so‘ramoqda», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil sentyabr oyida Norvegiya hukumati barcha ukrainaliklarga avtomatik boshpana berishni to‘xtatishini e’lon qilgandi. Endi Ukrainaning g‘arbiy oblastlari – Lviv, Volin, Ivano-Frankivsk, Ternopil, Rovno va Karpatortidan kelgan qochqinlarning arizalari alohida ko‘rib chiqilmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?