
Har yili 20 mart – Xalqaro baxt kuni munosabati bilan e’lon qilinadigan World Happiness Report 2025 reytingi ma’lum bo‘ldi. Finlyandiya ketma-ket sakkizinchi bor dunyodagi eng baxtli davlat sifatida tan olindi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida esa Qozog‘iston eng yuqori natijani ko‘rsatdi.
Mazkur reytingni tuzishda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi, umr ko‘rish davomiyligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shaxsiy erkinlik darajasi, korrupsiya darajasi va aholining saxiyligi kabi mezonlar hisobga olinadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidagi reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Qozog‘iston 43-o‘rin (6 pog‘ona yuqoriladi)
- O‘zbekiston 53-o‘rin (6 pog‘ona pastladi)
- Qirg‘iziston 75-o‘rin (o‘zgarishsiz qoldi)
- Tojikiston 90-o‘rin (2 pog‘ona yuqoriladi)
- Turkmaniston reytingga kiritilmagan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari esa yuqori 10 talikka kira olmay, 24-o‘ringa tushib ketgan. Rossiya olti pog‘ona yuqorilab, 66-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Ukraina aksincha, olti pog‘ona pasayib, 111-o‘rinda qolgan.
Eng baxtsiz davlat sifatida Afg‘oniston tan olingan (147-o‘rin). U bilan birga Sierra-Leone, Livan, Malavi va Zimbabve ham reytingning eng quyi pog‘onalarida qayd etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar