
Indoneziyadagi Flores orolining sharqiy qismida joylashgan Levotobi vulqoni yana harakatga kelib, 8 kilometrlik kul ustuni havoga ko'tarildi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlar.
Indoneziya Geologiya agentligi ma'lumotiga ko'ra, vulqon 21 mart kuni bir kecha va ikki marta kunduzgi vaqtda otilgan. Natijada yaqin atrofdagi qishloqlar kul bilan qoplangan. Ayniqsa, bu holat qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi aholiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Bali orolidagi xalqaro aeroportda Jetstar va Air Asia aviakompaniyalariga tegishli Avstraliya va Kuala-Lumpurga reyslar bekor qilindi.
Hukumat vulqon xavf darajasini eng yuqori bosqichga ko‘tardi va 7–8 kilometr radiusdagi hududga kirishni taqiqladi. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash agentligi 14 kunlik favqulodda holat e’lon qildi. Ayni paytda 4700 nafar fuqaro xavfsiz zonalarga ko‘chirildi.
Eslatib o‘tamiz, Levotobi vulqoni o‘tgan yil noyabr oyida ham otilib, 9 kishining umriga zomin bo‘lgan va o‘nlab kishilar jarohat olgan edi. Indoneziyada 130 ga yaqin faol vulqon mavjud bo‘lib, mamlakat Tinch okeani “olov halqasi”da joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar