
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, savdo uyi 570 kv.m maydonda joylashgan shourum hamda 500 kv.m maydonda mahsulotlarni saqlash uchun omborxonadan tashkil topgan.
Unda tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini qulay shartlar asosida joylashtirish imkoniga ega bo‘ladi va mahalliy kompaniyalar bilan bevosita muzokaralar olib borishi mumkin.
Mart oyining boshida Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilgandi. Ushbu savdo uyi 220 kvadrat metr maydonda joylashgan bo‘lib, tadbirkorlarga mahsulotlarini Afg‘oniston bozoriga chiqarish, hamkorlar topish va eksportni kengaytirish imkonini beradi.
Foto: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar