18:45 / 24.03.2025
327

Yoshlar uchun orzudagi ish: iQOO 2000 dollar maosh bilan o‘yinlar bosh direktori izlamoqda

Yoshlar uchun orzudagi ish: iQOO 2000 dollar maosh bilan o‘yinlar bosh direktori izlamoqda

Hozirgi kunda geyming nafaqat hordiq chiqarish usuli, balki haqiqiy kasbga ham aylanib bormoqda. Agar siz smartfonda o‘ynashni yaxshi ko‘rsangiz va o‘yin dunyosini yaxshi tushunsangiz, demak, iQOO‘ning yangi ish taklifi aynan siz uchun!

2000 dollar maosh va ajoyib tajriba

iQOO brendining Hindistondagi bo‘limi yoshlarga bir-biridan qiziqarli imkoniyat taqdim etmoqda. Kompaniya barcha qiziquvchi yoshlarni o‘yinlar bosh direktori (CGO) lavozimiga ishga taklif qilmoqda. Buning uchun ish tajribasi talab qilinmaydi, faqatgina smartfonda o‘yin o‘ynashga qiziqish va o‘yinlar haqida chuqur tushunchaga ega bo‘lish kifoya.

Olti oylik shartnoma asosida ishlaydigan yosh mutaxassis har oy 2000 dollar maosh oladi, bu esa umumiy 12 000 dollar deganidir!

Ish vazifalari va imkoniyatlar

iQOO‘ning yangi CGO sifatida siz kompaniya rahbarlari hamda taniqli kibersportchilar bilan hamkorlikda ishlaysiz. Bundan tashqari, siz geyming uchun ajoyib smartfonlar yaratish jarayonida o‘z hissangizni qo‘shish imkoniga ega bo‘lasiz.

Kimlar ariza berishi mumkin?

Bu ish taklifi Hindistonda yashovchi 18 dan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun amal qiladi. Hech qanday professional ish tajribasi talab etilmaydi. Shunchaki, agar siz smartfon o‘yinlarini yaxshi ko‘rsangiz va ular haqida bilimingiz yetarli bo‘lsa, ariza topshirishingiz mumkin!

Katta raqobat va katta imkoniyatlar

iQOO 2023 yilda ham shunday ish taklifi bergan edi va o‘shanda bir vakant o‘rin uchun 60 000 dan ortiq yoshlar ariza topshirgan. Shu yuzlab nomzodlar orasidan tanlab olingan 23 yoshli Shvetank Pandey kompaniya bilan hamkorlik qilib, geyming qurilmalarini yaxshilashda o‘z hissasini qo‘shgan. Bu yilgi tanlovda ham katta raqobat kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo