
Hindistonlik siyosatchi Gali Janardxana Reddi o‘z qizi uchun 5 mlrd rupiylik (74 mln dollarlik) nikoh to‘yi uyushtirdi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.
Yoshlarni nikoh to‘yi bilan tabriklash uchun 50 ming mehmon tashrif buyurdi. Yig‘ilganlarni Bollivud yulduzlari ko‘nglini oldi.
Reddini Hindistonda pul inqirozi bo‘layotgan bir davrda mana shunday hashamatli mehmonnavozligi uchun tanqid qilishgan.
Eslatib o‘tamiz: Soyadagi iqtisod, korrupsiya, qalbaki pul tayyorlovchilar va moliyaviy terrorchilarga qarshi kurashish doirasida muomaladagi 500 va 1000 rupiyliklarni olib tashlash choralari ko‘rilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar