date 00:28 / 07.04.2025
views 3 303

Osiyoda yana kuchli zilzilalar kutilyaptimi? Xitoylik olimlardan jiddiy ogohlantirish

Osiyoda yana kuchli zilzilalar kutilyaptimi? Xitoylik olimlardan jiddiy ogohlantirish
Mart oyida Myanmada ro‘y bergan halokatli zilzila ortidan mintaqada yana xavf yuqoriladi

Xitoylik seysmologlar Osiyo mintaqasida, xususan Xitoy va uning atrofidagi hududlarda yaqin yillarda yana kuchli zilzilalar sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

Pekin yer silkinishlari agentligi katta muhandisi Chju Xunbinya boshchiligidagi mutaxassislar guruhi 1879 yildan buyon qayd etilgan seysmik ma’lumotlarni tahlil qilgan holda, mintaqada oltita yirik faol davr mavjudligini aniqladi. Aynan shu ma’lumotlar asosida olimlar navbatdagi seysmik faollik davri yaqinlashganini ta’kidlashmoqda.

Myanmadagi zilzila — dahshatli ogohlantiruv

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil mart oyi oxirida Myanmada 7,7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. Yer osti silkinishlari Tailand, Xitoy va Vetnamda ham sezilgan. Oqibatda taxminan 3,5 ming kishi halok bo‘ldi, 4,6 mingdan ziyod inson esa tan jarohati oldi.

Shu bilan birga, xalqaro tashkilotlar ushbu ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun qo‘shimcha yordamga chaqirmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qilishicha, Myanmada tibbiy xizmatlarni tiklash, kasalliklar tarqalishining oldini olish va hayotiy muhim yordam taqdim etish uchun kamida 8 million dollar zarur.

Olimlar nima deyishyapti?

Xitoylik tadqiqotchilarning fikricha, so‘nggi zilzilalar — bu seysmik faollikning yangi davri boshlanganidan darak. Ular nafaqat Xitoy, balki butun Janubiy-Sharqiy Osiyo hududida yuqori xatar saqlanib qolganini ta’kidlashmoqda.

Olimlar fuqarolarni zilzila xavfiga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lishga chaqirmoqda. Bu nafaqat qurilish standartlarini kuchaytirish, balki aholi orasida xavfsizlik bo‘yicha bilimlarni oshirishni ham talab qiladi.

Zamin.uz tahririyati sizni ogohlik va ehtiyotkorlikka chorlaydi. Tabiiy ofatlar — kutilmagan sinov, ammo ularga tayyorgarlik ko‘rish — bizning qo‘limizda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo