Xitoyda sud yuzlab tirik timsohlarni kimoshdiga qo‘ydi — boshlang‘ich narx 550 ming dollar!

Xitoyning Shenjen shahrida bir necha yuz tirik timsoh rasman... sotuvga qo‘yildi! Shahar xalq sudi og‘irligi 100 tonnadan oshgan sudralib yuruvchilarni onlayn auksion orqali sotishga qaror qildi. Lotning boshlang‘ich narxi — 4 million yuan, ya’ni taxminan 550 ming AQSH dollari!
Internetdagi ushbu ajablanarli kimoshdini Alibaba platformasi o‘tkazmoqda. Savdoga qo‘yilgan timsohlar avval Guangdong Hongyi Crocodile Industry Company'ga tegishli bo‘lgan. Ammo kompaniya qarzlarini to‘lay olmagani sababli, hayvonlar musodara qilinib, sud qarori bilan sotuvga qo‘yildi.
Timsoh sotib olishni xohlaydiganlar uchun shartlar og‘ir:
🔹 Xaridor sun’iy suv havzasiga ega bo‘lishi kerak
🔹 Hayvonlar yashashi uchun maxsus sharoitlar yaratishi shart
🔹 Transport va logistika xarajatlari ham xaridor zimmasida
🔹 Shartlarga rioya qilmaslik — 300 ming yuanlik (41 ming dollarlik) jarimaga olib kelishi mumkin!
Timsohlar — Xitoyda yuqori daromad keltiradigan jonzotlar sirasiga kiradi. Ulardan 100 dan ortiq turdagi mahsulot tayyorlanadi: go‘shti, terisi, hatto kosmetika va vino ishlab chiqarishda ham ishlatiladi! Bu safar sotuvga qo‘yilgan sudralib yuruvchilar — siam timsohlari, ular Xitoyda tijorat maqsadlarida foydalanishga ruxsat berilgan hayvonlar ro‘yxatida bor.
Lekin... xaridor yo‘q!
Qizig‘i shundaki, 4 ming nafardan ortiq kishi auksion e’lonini ko‘rgan, ammo hozircha hech kim ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tmagan. Bu esa sudning timsohlarni sotish borasidagi uchinchi urinishi. Ilgarigi ikkita auksion ham natija bermagan edi.
Qaysi tadbirkor chiqib, bu “qaltis” biznesga qo‘l uradi? Onlayn kimoshdida sotilayotgan tirik timsohlar masalasi hali ancha vaqt muhokamada qolishi shubhasiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar