date
views 356

Fillar uchun mo‘ljallangan giyohvand modda Rossiyada tarqala boshladi

Fillar uchun mo‘ljallangan giyohvand modda Rossiyada tarqala boshladi
Rossiyada yuksak xavfli giyohvand modda — karfentanil bilan bog‘liq holatlar ko‘paymoqda. “Izvestiya” xabariga ko‘ra, so‘nggi oylarda huquq-tartibot organlari ushbu moddani muntazam tarzda musodara qilmoqda.

Avvallari juda kam uchraydigan bu modda 2024 yil davomida 1 kilogramm miqdorda aniqlangan bo‘lsa, 2025 yil boshidan buyon yana 100 gramm tarkibida karfentanil mavjud modda ushlangan.

Karfentanil — sintetik opioid bo‘lib, ilk bor 1974 yilda Janssen kompaniyasi tomonidan sintez qilingan. Uning ta’siri geroindan 5 ming, morfindan esa 10 ming marta kuchliroq. Bu modda fil, buyvol, karkidon kabi yirik hayvonlarni tinchlantirish uchun ishlatiladi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, inson uchun o‘limga olib keluvchi doza atigi 2 mikrogrammni (0,002 mg) tashkil etadi. Karfentanil hozirda Rossiyada nazorat qilinadigan psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Manbalarga ko‘ra, Xitoy bu moddaning asosiy ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. BMT esa karfentanilni dunyodagi eng kuchli tijorat opioidlaridan biri sifatida tan olgan.

Huquq-tartibot organlari mazkur moddaning mamlakat bo‘ylab tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarni kuchaytirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo