date
views 402

Qora dengizda tinchlik muzokarasi: Anqarada Rossiya va Ukraina harbiylari uchrashadimi?

Qora dengizda tinchlik muzokarasi: Anqarada Rossiya va Ukraina harbiylari uchrashadimi?
15–16 aprel kunlari Turkiya poytaxti Anqara shahrida Qora dengizda xavfsizlik bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi, deb CNN Turk xabar berdi.

Uchrashuvda Rossiya va Ukraina vakillari ham qatnashishi mumkin. Ammo tomonlar buni hozircha rasman tasdiqlagani yo‘q. Ushbu uchrashuv to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita o‘tkazilishini aniqlashtirilmagan.

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Anqarada xorijiy harbiy delegatsiyalar ishtirokida Qora dengizda xavfsizlik va tinchlikni ta’minlash borasida muzokaralar o‘tkaziladi. Davlatlar ro‘yxati e’lon qilinmagan.

Vazirlik xabariga ko‘ra, muzokaralar Turkiya Harbiy-dengiz qo‘mondonligida bo‘lib o‘tadi. Unda Qora dengizdagi tinchlikni ta’minlash uchun harbiy-dengiz rejalashtirish masalalari muhokama qilinadi.

23–25 mart kunlari AQSH Saudiya Arabistonida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari bilan alohida muzokaralar o‘tkazgan va tomonlar Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatishga keyingi bosqichda kelishishi mumkinligini bildirgan.

Rossiya esa buning evaziga sanksiyalar olib tashlanishi va Rosselxozbank SWIFT'ga ulanishini talab qilmoqda. Ukraina prezidenti Zelenskiy Rossiyani “allaqachon manipulyatsiya boshlaganlikda” aybladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo