
Peruning sobiq prezidenti Olyanta Umala va uning rafiqasi Nadin Erediya 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb bbc.com xabar berdi.
Ular korrupsiyada aybdor deb topildi. Jinoyat ishi bo‘yicha ma’lum bo‘lishicha, Umala va Erediya ikki bor o‘tkazilgan saylov kampaniyasini Braziliyaning Odebrecht shirkati hamda Venesuela hukumatidan olingan pullar bilan moliyalashtirgan.
Hukmdan so‘ng sud zalidayoq Umalaning qo‘liga kishan solindi. Sudya sudda qatnashmagan Nadin Erediyani ham hibsga olishga buyruq berdi. AFP’ning yozishicha, u Limadagi Braziliya elchixonasidan boshpana topgan.
Olyanta Umala 2011–2016 yillarda Peru prezidenti bo‘lgan. U 2022 yilda Odebrecht ishi bo‘yicha sudga chaqirilgan edi. Bu korrupsiya mojarosiga boshqa sobiq prezidentlar ham aloqador bo‘lishi mumkin.
Masalan, Alan Garsiya 2019 yilda hibs qilish uchun kelgan politsiya oldida o‘z joniga qasd qilgan. Alejandro Toledo esa o‘tgan yili millionlab pora uchun 20 yilga qamaldi. Pedro Kuchinskiga oid tergov hali davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar