date
views 710

Ekspo-2025”da 83 yoshli erkak qirg‘iz asalini o‘g‘irlashga urindi

Ekspo-2025”da 83 yoshli erkak qirg‘iz asalini o‘g‘irlashga urindi
Yaponiyaning Osaka shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro “Ekspo-2025” ko‘rgazmasida kutilmagan holat ro‘y berdi. 83 yoshli erkak ko‘rgazma hududida namoyish etilayotgan qirg‘iz asalini o‘g‘irlashga urinib, ushlandi. Bu haqda Yaponiyaning Asahi nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, voqea 16 aprel kuni tushdan so‘ng A zalida sodir bo‘lgan. Qo‘riqchi asal idishini yashirmoqchi bo‘lgan erkakni payqab, darhol to‘xtatgan. Asalning bahosi 6800 iyen (ya’ni taxminan 618 ming so‘m) etib belgilangan.

Ko‘rgazma xodimlarining ma’lum qilishicha, erkak qochishga uringan payti yiqilib tushgan va natijada asal idishi singan. Shuningdek, u boshqa pavilonlardan pivo va boshqa mahsulotlarni ham o‘g‘irlaganlikda gumon qilinmoqda. Hozirda politsiya tomonidan qo‘shimcha tergov ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu “Ekspo-2025” ko‘rgazmasi doirasida qayd etilgan birinchi hibs holati hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi “Osaka Ekspo” kelajak jamiyati mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 160 ga yaqin mamlakat va xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda. Yaponiya mazkur ko‘rgazmaga ikkinchi marta mezbonlik qilmoqda — ilk bor bu yerda “Ekspo” 1970 yilda o‘tkazilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekspo-2025”da 83 yoshli erkak qirg‘iz asalini o‘g‘irlashga urindi