Amerikaliklarning hozirgi prezidenti Barak Obama lotinamerikaliklarga yuzlanib, ulardan AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampga vaqt berishni so‘radi, deyiladi "Kun" nashrida.
«Men bu erda shuni aytishni istaymanki, — yomonlikni kutmaslik kerak», — degan Obama Perudagi OTIH (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi) sammitidagi ishtiroki davomida.
U shuningdek, yangi prezident ma’muriyatining barcha vakillari vazifasiga kirishishi va ularning siyosati qay yo‘nalishda boshlanishini kutish va shundan keyin xulosa chiqarib, muhokama boshlash kerakligini qayd etib o‘tgan.
Respublikachi Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi davrida g‘olib bo‘lgan taqdirda Meksika va AQSh o‘rtasida devor qurish, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan savdo kelishuvlarini bekor qilish hamda musulmonlarni mamlakatiga kirgazmasligi haqida chiqishlar qilgandi.
Bundan oldinroq Barak Obama EI etakchilarini Donald Tramp davrida ham Vashington bilan hamkorlikni davom ettirishga chaqirgandi.
Respublikachi Donald Tramp 8 noyabr kungi saylovlarda g‘olib bo‘lgandi. U va uning ma’muriyati kelgusi yilning 20 yanvarida ishga kirishadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”