Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko hukumat Xalqaro valyuta jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash evaziga millionlab ukrain oilalariga aziyat etkazayotganini tan oldi. U bu haqda Qadr-qimmat va erkinlik kuni munosabati bilan xalqqa murojaatida aytib o‘tdi.
Poroshenkoning aytishicha, iqtisodiyotda defolt va falokatdan qutulish uchun hukumatda qat’iy va nomashhur choralarga borishdan boshqa iloj bo‘lmagan. Uning ta’kidlashicha, xuddi shunday choralarni Ukrainaning Markaziy va Sharqiy Evropa bo‘yicha muvaffaqiyatga erishgan qo‘shnilari 1990-yillar boshida amalga oshirganlar.
"Biz uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasining qo‘llab-quvvatlashi juda muhim bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Jamg‘arma esa hech qachon shirin dori bermaydi. Shuning uchun biz o‘zimiz istamagan holda millionlab oilalarga aziyat etkazganimizni anglayman. Buning uchun uzr so‘rash gunoh ham emas. Biroq men aminmanki, bu qabul qilingan choralarning samaradorligini yaqin orada borgan sari ko‘proq odamlar his qila boshlaydilar", deb aytib o‘tgan Poroshenko. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi