date
views 204

Bill Geytsning sobiq rafiqasi ajrashishning haqiqiy sababini ochiqladi

Bill Geytsning sobiq rafiqasi ajrashishning haqiqiy sababini ochiqladi
Milliarder Bill Geytsning sobiq turmush o‘rtog‘i Melinda French-Geyts o‘zining xotiralar kitobida turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishining asosiy sabablarini ochiqladi. Bu haqda Sunday Times nashri ma’lum qildi.

Melindaning ta’kidlashicha, ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan oxirgi holat New York Times gazetasida chiqqan maqola edi. Ushbu maqolada Bill Geytsning jinoiy tarmoq tuzganlik va voyaga yetmagan qizlarning jinsiy ekspluatatsiyasida ayblangan moliyaviy mutaxassis Jefri Epshteyn bilan bo‘lgan munosabatlari haqida ma’lumot berilgan.

“Ushbu maqola Billning hatti-harakati bo‘yicha jiddiy savollar uyg‘otdi. Bu savollar nafaqat bizning nikohimizga, balki oilaviy qadriyatlarimizga ham sodiq qolmaganligini anglatardi”, deb yozadi Melinda o‘z kitobida.

Sunday Times nashriga bergan intervyusida Melinda ajrashish qarorining xatolik emas, balki hayotiy zarurlik ekanini ta’kidladi. “Agar inson eng yaqin munosabatlarida ham o‘z qadriyatlariga sodiq qololmasa, ajrashish shart”, deb qayd etdi u.

Avvalroq The Times nashriga intervyu bergan Bill Geyts ajrashishni o‘z hayotidagi eng katta muvaffaqiyatsizliklardan biri sifatida ko‘rsatgan edi. Melinda esa bu borada izoh berishdan bosh tortdi va “Uning endi o‘z hayoti bor, mening ham o‘z yo‘lim bor. Va men juda baxtliman”, deya ta’kidladi.

Melinda shuningdek avvalroq ham ajrimni hayotidagi muhim voqealardan biri deb hisoblashini ta’kidlagandi: “Ajrashgan paytimda o‘z-o‘zim bilan yashay olishni bilardim va eng muhimi ham shu edi”, deb izoh berdi u.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geytsning sobiq rafiqasi ajrashishning haqiqiy sababini ochiqladi