Pokistonda Donald Trampni tasodifan AQShga kelib qolgan o‘zlarining vatandoshi ekaniga ishonuvchilar ko‘payib bormoqda, deb xabar tarqatmoqda Mulohaza.uz.
Pokistonning Neo News telekanali telsyujetidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Nyu-Yorkda emas, balki Afg‘oniston chegarasidagi Shimoliy Vaziristonning Shaval vodiysida tug‘ilgan bo‘lib, asl ismi Dovud Ibrohim Xon (Dawood Ibrahim Khan) emish.
Kichkina Xonning yoshligi Pokistonda o‘tgan va u ota-onasi avtomobil avariyasida halok bo‘lgunlaricha, diniy maktabda o‘qigan ekan. Kanal xabariga ko‘ra, etim qolgan bolakayni Britaniya armiyasi zobiti Londonga olib ketadi. Londondan esa AQShga kelib qoladi. Bu erda esa uni Tramplar oilasi asrab olishganmish.
Telekanal o‘zlarining gaplariga isbot o‘laroq internetdan olingan va Trampga o‘xshab ketadigan sariq sochli pushtun bolaning rasmini ilova qilishgan. Syujetda yana aytilishicha, pokistonlik qarindoshlar ham topilgan va DNK namunalari ham olinganmish, xatto Tramp-Xonning tug‘ilganlik haqidagi shahodatnomalari ham topilganmish, deb xabar qildi islamnews. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”