
Foto: Sputnik
Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi Rus uyi xodimasi Natalya Sekerina mamlakat maxsus xizmati xodimlari tomonidan xorijiy qurolli mojarolarda ishtirok etish uchun yollanma askarlarni yollashda gumon qilinib, hibsga olindi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrining Pervomay tuman sudi matbuot xizmati xodimi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi bosh tergov boshqarmasi tergovchisining iltimosnomasi qanoatlantirilgan.
Sud qaroriga muvofiq, Natalya Sekerina joriy yilning 17 iyuniga qadar qamoqda bo‘ladi va tergov ishlari olib boriladi.
Gumonlanuvchiga qarshi Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining xorijiy davlatlarda qurolli mojarolarda qatnashish, davlat hokimiyatini ag‘darish yoki hududiy yaxlitlikni buzish uchun kuch ishlatish maqsadida yollanma askarlarni yollash, ularni moliyalashtirish, moddiy jihatdan ta’minlash, o‘qitish, shuningdek, harbiy harakatlarda ulardan foydalanishga oid moddasi asosida ayblov qo‘yilmoqda.
Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra, bu kabi jinoyatlar uchun, moddaning qismiga qarab, 7 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ayni holatda birinchi qism bo‘yicha 7 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan.
Ushbu jinoiy ish doirasida Natalya Sekerina bilan birga yana to‘rt kishi, xususan, O‘sh shahar hokimligi matbuot xizmati xodimi ham qo‘lga olingan.
Ayni paytda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar