
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainaga Qrim va boshqa hududlarni qaytarib berish haqidagi talablarni absurd deb atadi. U bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida bayonot berdi.
Amerika rahbari demokratlarga xayrixoh bo‘lgan New York Times gazetasi, ayniqsa, uning Oq uy bo‘yicha bosh muxbir Piter Beykerning so‘nggi maqolasiga shunday keskin munosabat bildirdi. Maqolada «Tramp Oq uyda o‘tkazgan ilk yuz kunlik faoliyati davomida Moskvaga manfaat keltiruvchi qarorlarni qabul qilgan» degan fikr ilgari surilgandi.
«Rossiya va Ukraina bo‘yicha qanday bitim imzolamayin, u qanchalik tarixiy va muvaffaqiyatli bo‘lmasin, og‘ir davrlarni boshdan kechirayotgan New York Times uni har doim salbiy jihatdan talqin qiladi. Gazetaning o‘ta noxolis va saviyasi past muxbirlaridan biri Piter Beyker o‘z rahbarlarining buyrug‘ini bajarib, Ukraina o‘zining barcha hududlarini, shu jumladan, hatto Qrimni ham qaytarib olishi kerakligi haqida yozgan. Bu mutlaqo bema’ni talab», – dedi Tramp o‘z bayonotida.
Ma’lumot uchun, avvalroq AQSH rahbari Rossiya va Ukraina yetakchilarini harbiy mojaroni zudlik bilan va doimiy ravishda to‘xtatishga chaqirgandi. Kreml esa, G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan 8 maydan 11 maygacha bir tomonlama o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilgan.
Trampning mazkur so‘zlari xalqaro jamoatchilik tomonidan katta e’tibor bilan kuzatilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar