date
views 40

Donald Tramp: «Zelenskiy Qrimni qaytarish talabidan voz kechishga tayyor»

Donald Tramp: «Zelenskiy Qrimni qaytarish talabidan voz kechishga tayyor»
AQSH prezidenti Donald Tramp fikricha, Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Qrimni qaytarish bo‘yicha o‘z talabidan voz kechishga tayyor. Bu haqda RIA Novosti agentligi Oq uy jurnalistlariga tayanib xabar tarqatdi.

Shanba kuni AQSH va Ukraina prezidentlari Rim Papasi Fransiskning dafn marosimi chog‘ida «juda qisqa muloqot» qilgani ma’lum qilingan edi. Vladimir Zelenskiy uchrashuv haqida gapirarkan, Donald Tramp bilan ko‘plab mavzularni muhokama qilishga ulgurganini qayd etib, unga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

Oq uy jurnalistlari esa AQSH yetakchisidan Zelenskiy Qrim masalasida o‘z talabidan voz kechishi mumkinligi haqida fikrini so‘rashdi. Donald Tramp bu savolga javob berarkan, Zelenskiy bilan o‘tkazgan suhbatda Qrim masalasi «juda qisqa» muhokama qilinganini aytdi.

«Ha, menimcha shunday. Qrim voqeasi 12 yil avval sodir bo‘lgan. O‘shanda AQSH prezidenti Barak Obama edi. Ular Qrimni bitta ham o‘q uzmasdan taslim qilib yuborishgan. Shuning uchun, iltimos, menga Qrim haqida savol bermang. Bu haqda Obamadan so‘rang», — dedi Tramp.

Trampning bu so‘zlari xalqaro jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Qayd etish joizki, avvalroq Tramp Ukrainaga Qrimni qaytarish talablarini «bema’nilik» deb baholagan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp: «Zelenskiy Qrimni qaytarish talabidan voz kechishga tayyor»