
Texas shtatida juda ham g‘ayrioddiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi — zirhlangan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi va sakkiz million dona 10 sentlik tangalar trassa bo‘ylab sochilib ketdi, deb New York Post xabar berdi.
Yo‘l hodisasi 29 aprel kuni tongda, soat 05:15 atrofida Texasning Alvord shahri yaqinida sodir bo‘lgan. AQSH zarbxonasiga tegishli yuk mashinasi 36 tonnadan ziyod bo‘lgan yangi zarb qilingan tangalarni olib ketayotgani ma’lum qilindi.
Texas Jamoat xavfsizligi departamenti vakili, serjant Xosue De La Serda ta’kidlashicha, haydovchi burilish paytida mashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan va agregat ag‘darilib tushgan.
Hodisa natijasida haydovchi va uning hamrohi yengil tan jarohati olgan. Ularning holati og‘ir bo‘lmagani sabab shifoxonadan tezda javob berishgan. Ammo ko‘chada sochilib ketgan millionlab tangalar sababli trassa 14 soatga yopildi.
Yo‘lni tozalashga jalb etilgan maxsus texnikalar orasida qanalizatsiya tozalashda ishlatiladigan vakuum mashinalar ham bo‘lgan. Ayrim ishchilar esa tangalarni qo‘lda yoki oddiy belkuraklar bilan yig‘ishga majbur bo‘lishgan.
Zirhlangan yuk mashinasi banklar va davlat idoralari uchun yuk yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga tegishli bo‘lgan. Ushbu kompaniya saytida ta’kidlanishicha, bunday mashinalar nafaqat zirhlangan, balki ularga qurollangan qo‘riqchilar hamrohlik qiladi.
Avariyadan so‘ng shaharda “8 million dollar sochilib ketgan” degan mish-mishlar tarqaldi. Ammo rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tangalarning umumiy qiymati taxminan 800 ming dollarni tashkil etgan.
Ushbu voqea nafaqat haydovchi va qo‘riqchilar, balki butun shahar ahli uchun kutilmagan voqelikka aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar