
2 may kuni Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan havo hujumi paytida Rossiyaning Qora dengiz uzra parvoz qilayotgan Su-30 ko‘p vazifali qiruvchi samolyoti yo‘q qilindi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (GRU) rasman xabar tarqatdi.
Hujum Novorossiysk yaqinida Magura dengiz jangovar droni yordamida amalga oshirilgan bo‘lib, uning uchun R-73 turdagi «havo-havo» rusumidagi raketa ishlatilgan. Qiymati taxminan 50 million dollarlik qiruvchi samolyot zarbadan keyin yongan va Qora dengizga qulagan.
Ukraina razvedkasining bildirishicha, «bu — dunyo tarixida birinchi marta jangovar samolyot dengiz droni vositasida yo‘q qilingan holatdir».
Rossiyaning Mudofaa vazirligi voqeaga hozircha izoh bermagan, ammo bir necha rossiyaparast Telegram-kanallar bu ma’lumotni tasdiqladi.
R-73 rusumidagi raketa dastlab sovet davrida ishlab chiqarilgan bo‘lib, aslida faqat qiruvchi samolyotlardan uchirish uchun mo‘ljallangan edi. Keyinchalik bu raketa quruqlik va dengiz qurilmalariga moslashtirildi. Shu bilan birga, keng ko‘lamli urush boshlanishidan avval ham Ukraina korxonalari ushbu raketalarni qayta ta’mirlash va modernizatsiya qilish tizimini yo‘lga qo‘ygan edi.
Qizig‘i, 2023 yilning dekabr oyida Ukraina harbiylari Rossiyaning ikki dona Mi-8 vertolyotini ham aynan shu tizim yordamida yo‘q qilgan edi. Bugungi voqea esa Ukraina qurolli kuchlari tomonidan qo‘llanilayotgan texnologiya va innovatsiyalar darajasini yana bir marta namoyish etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar