date
views 137

Afg‘onistondan bu yil 30 ming ziyoratchi Hajga yo‘l oladi: ilk guruh Saudiyaga yetib bordi

Afg‘onistondan bu yil 30 ming ziyoratchi Hajga yo‘l oladi: ilk guruh Saudiyaga yetib bordi
Afg‘oniston bu yil 30 ming nafar ziyoratchini Saudiya Arabistonidagi Haj ibodatini bajarish uchun yubormoqda. 230 nafar ziyoratchidan iborat birinchi guruh 29 aprel kuni Saudiyaga uchib ketdi. Bu haqda «Tolibon» ma’muriyati rasman ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, ziyoratchilarni tashishni mamlakatning ikkita milliy aviakompaniyasi o‘z zimmasiga olgan. Ular may oyida Saudiya Arabistoniga jami 97 ta parvoz amalga oshirishni rejalashtirgan. Shuningdek, Haj ziyorati bilan bog‘liq tashkiliy va logistik ishlarni osonlashtirish maqsadida Afg‘onistonning turli viloyatlarida maxsus Haj muvofiqlashtirish markazlari ochilgan.

Haj ziyorati uchun har bir afg‘on ziyoratchiga belgilangan safar narxi 3924 AQSH dollarini tashkil etadi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni 2025 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ajratilgan Haj kvotalarini ham ma’lum qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston uchun 15 ming, Tojikiston uchun 7 ming, Qozog‘iston uchun 4,5 ming, Qirg‘iziston uchun 6 mingdan ortiq kvota ajratilgan. Turkmanistonga ajratilgan kvota hozircha ma’lum qilinmagan, ammo o‘tgan yili bu mamlakatdan 289 nafar ziyoratchi Haj amalini bajarishga ruxsat olgan edi. Rossiya uchun esa 25 ming nafarlik kvota tasdiqlangan.

Joriy yilda Saudiya Arabistoni chet ellik ziyoratchilar uchun yangi tartiblarni ham joriy etdi. Endi Makka va Madina shaharlariga faqat Haj vizasi bilan kirishga ruxsat beriladi. Vizasi muddati tugagan ziyoratchilarga boshpana bergan yoki ularni noqonuniy ravishda Hajga olib borgan shaxslarga esa katta miqdordagi jarima qo‘llanadi.

Mazkur yangiliklar ziyoratchilarning xavfsizligi va tartibni ta’minlash uchun kiritilgan bo‘lib, Saudiya Arabistoni ushbu tartib orqali ziyoratchilarning ibodatini qulay va xavfsiz muhitda o‘tkazishni maqsad qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistondan bu yil 30 ming ziyoratchi Hajga yo‘l oladi: ilk guruh Saudiyaga yetib bordi