
6 may kuni Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududlariga ballistik va dron orqali zarbalar berdi. Eng og‘ir hujumlardan biri Sumi viloyatiga to‘g‘ri keldi. Viloyat ma’muriyati rahbari Oleg Grigorov ma’lum qilishicha, Rossiya tomonidan amalga oshirilgan ballistik hujum natijasida uch nafar tinch fuqaro — 20 yoshli qiz, 41 yoshli erkak va 6 yoshli bola halok bo‘lgan.
«Jami 8 kishi jarohat oldi, ulardan to‘rt nafari bolalar. Hozirda ikki nafar jarohatlanganning ahvoli juda og‘ir», — dedi Grigorov.
Kunning ikkinchi yarmida Rossiya Zaporijjya shahriga ham Shahed turkumidagi dronlar bilan hujum uyushtirdi. Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorovning so‘zlariga ko‘ra, shaharga kamida 13 marta zarba berilgan. Shahar infratuzilmasiga jiddiy zarar yetgan, ayrim binolar vayron bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkin. Ayni paytda favqulodda xizmatlar hodisa joyida qutqaruv ishlarini olib bormoqda.
Ukraina Harbiy-havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya 6 mayga o‘tar kechasi turli yo‘nalishlardan Ukrainaga qarshi 136 ta hujumkor Shahed droni va dron imitatorlarini uchirgan. Ulardan 54 tasi urib tushirilgan, yana 70 ta imitator yo‘q qilingan.
Bunday havo hujumlari orqali Rossiya Ukraina hududlaridagi fuqarolar xavfsizligini jiddiy tahdid ostiga qo‘ymoqda. Ukraina hukumati jahon hamjamiyatini vaziyatga befarq bo‘lmaslikka va havo mudofaasi sohasida qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga chaqirmoqda.
Rossiya HujumlariUkraina FuqarolariSumi ViloyatiZaporijjya ShahrigaDronlar BilanHarbiy Ma’muriyat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar