
Buyuk Britaniyalik 98 yoshli Ikkinchi jahon urushi faxriysi Ken Tyorner o‘zi xizmat qilgan “Sherman” tankida Tesla elektromobilini pachoqlab, milliarder Ilon Maskning siyosiy qarashlariga qarshi o‘ziga xos norozilik namoyishi o‘tkazdi.
Urush paytida Britaniya armiyasi tomonidan ishlatilgan ushbu tankda avtomobilni ezgan Tyorner, Maskning Yevropada o‘ta o‘ng siyosiy partiyalarni qo‘llab-quvvatlayotganidan norozi ekanini maʼlum qildi. Britaniyalik faxriyning fikricha, Ilon Mask elektromobil savdosidan topilayotgan mablag‘larni o‘ta o‘ngchi siyosiy harakatlarni moliyalashtirish uchun sarflayapti.
Britaniyalik faxriyning bu harakati AQSH prezidentiga yaqin hisoblangan milliarder Ilon Maskning siyosiy faoliyatiga ochiqchasiga qarshilik ko‘rsatishning o‘ziga xos usuli bo‘ldi.
Shu o‘rinda eslab o‘tamiz, shu yil fevral oyida Germaniyaning sobiq kansleri Olaf Shols ham Ilon Maskni Germaniyadagi saylov jarayoniga aralashganlikda ayblab, tanqid qilgan edi. Shols o‘z chiqishida «Demokratiya — Ilon Maskdan kuchliroqdir» deya, milliarderning Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida o‘ta o‘ng partiyalarni qo‘llab-quvvatlashidan xavotir bildirdi.
Tyorner tomonidan amalga oshirilgan ushbu g‘ayrioddiy namoyish ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, jamoatchilik eʼtiborini jalb qildi.
Buyuk BritaniyaTesla AvtomobiliSherman TankiIlon MaskIkkinchi Jahon UrushiSiyosiy Qarashlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar