
AQSHning Havo va dengiz operatsiyalari xizmati (AMO) chorshanba kuni Viekes oroliga noqonuniy ravishda kirishga uringan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 7 may kuni Faxardo dengiz bo‘linmasi tomonidan aniqlangan. Chegara xodimlari orol tomon harakatlanayotgan bir qayiqni to‘xtatib tekshirgan. Qayiqda jami yetti nafar yo‘lovchi bo‘lib, ulardan uch nafari AQSH fuqarolari, qolgan to‘rt kishi esa (uch erkak va bir ayol) O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum bo‘lgan. Tekshiruv davomida o‘zbekistonlik yo‘lovchilarda AQSH hududiga kirish yoki bu mamlakatda yashash uchun zarur bo‘lgan hech qanday rasmiy hujjat yo‘qligi aniqlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kema AQSHning Virjin orollarida joylashgan Sen-Jon orolidan yo‘lga chiqqan bo‘lgan.
Ushbu holat yuzasidan Ramey chegara xizmati xodimlari to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olib, ularni immigratsiya hujjatlarini rasmiylashtirish va AQSH hududidan deportatsiya qilish maqsadida hibsga olgan.
Ma’lumot uchun eslatib o‘tamiz, avvalroq ham AQSH hukumati tomonidan deport qilingan bir guruh o‘zbekistonliklarning Vatanga qaytarilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. AQSH chegara va immigratsiya xizmati hozirda mamlakatga noqonuniy kirish holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha keskin chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
AQSHO‘zbekiston FuqarolariNoqonuniy KirishHavo OperatsiyalariChegara XizmatiImmigratsiya Hujjatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar