
Afg‘onistonda shaxmat rasmiy ravishda taqiqlangan, deb Kursiv.uz xabar berdi. “Tolibon” harakati tarkibidagi Ezgulikni targ‘ib qilish va yomonlikdan qaytarish vazirligi bu o‘yinni harom, ya’ni diniy nuqtai nazardan taqiqlangan deb e’lon qildi. Shuningdek, Afg‘oniston shaxmat federatsiyasi ham rasman yopildi.
Bu haqda Afg‘oniston siyosatini o‘rganish markazi rahbari Andrey Serenko ma’lum qildi.
9 may kuni shaxmat hamjamiyati vakillari Sport departamentiga murojaat qilib, klub faoliyatini davom ettirish, musobaqalar o‘tkazish va rasmiy qo‘llab-quvvatlash so‘rashgan. Javob esa salbiy bo‘ldi — shaxmat Amir farmoni bilan taqiqlangani va federatsiyaga faoliyat yuritish huquqi yo‘qligi bildirildi.
Toliblar hokimiyatga kelganidan keyin ham federatsiya o‘z faoliyatini davom ettirib, erkaklar hamda ayollarga shaxmat o‘rgatgan va butun mamlakat bo‘ylab turnirlar o‘tkazib kelgan edi. Endilikda mahalliy shaxmatchilar aytishicha, bu sport turi butkul inqirozga uchragan.
Afg‘onistonShaxmatTolibonSport DepartamentiFederatsiyaMusobaqalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar