date
views 69

Erling Holand yana bir noyob Ferrari sotib oldi: uning avtomobillar kolleksiyasi yanada hashamatli bo‘ldi

Erling Holand yana bir noyob Ferrari sotib oldi: uning avtomobillar kolleksiyasi yanada hashamatli bo‘ldi
«Manchester Siti»ning yulduz hujumchisi Erling Holand o‘zining hashamatli va qimmatbaho avtomobillar kolleksiyasini yana bir noodatiy superkar bilan to‘ldirdi. Norvegiyalik futbolchi bu safar taxminan 320 ming funt sterling (375 ming yevro atrofida) qiymatga ega bo‘lgan yorqin sariq rangdagi Ferrari xarid qilgan.

Holandning qimmatbaho avtomobillarga bo‘lgan qiziqishi avvaldan ma’lum bo‘lib, bu unga muxlislar va ommaviy axborot vositalari tomonidan alohida e’tibor qaratilishining sabablaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda uning shaxsiy garajida Bugatti, Mercedes AMG hamda Rolls-Royce kabi mashhur va qimmatbaho brendlarning turli modellari mavjud. Erling bu bilan cheklanmay, avval ham Ferrari rusumidagi avtomobil xarid qilgan edi. Faqat o‘shanda u Ferrari 812 Superfast Blue modeliga egalik qilardi. Ushbu model hali ham futbolchining avtomobillar kolleksiyasidan o‘rin egallamoqda.

Bu safar futbolchi yanada ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lgan sariq Ferrari'ni o‘z garajiga qo‘shgan. Bu noyob avtomobil o‘zining dizayni va ko‘rinish jihatidan ajralib turadi va u kolleksionerlarning orzusidagi mashinalardan biri sifatida e’tirof etiladi.

Holandning professional faoliyati haqida gapirganda, u 2022 yildan beri «Manchester Siti» tarkibida ajoyib natijalar qayd etib kelmoqda. Joriy mavsum davomida norvegiyalik hujumchi jami 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 30 marta aniq nishonga olgan va 4 marta golli uzatma muallifi bo‘lgan. «Shaharliklar» bilan shartnomasi esa 2035 yilga qadar imzolangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Erling Holandning bozor qiymati hozirgi vaqtda 200 million yevro atrofida baholanmoqda.

Shuningdek, avvalroq futbolchining kelajagi borasida «Barselona» hamda «Real» Madrid klublari o‘rtasida tanlov qilgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Ammo hozircha u «Manchester Siti» bilan shartnomaga sodiq qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erling Holand yana bir noyob Ferrari sotib oldi: uning avtomobillar kolleksiyasi yanada hashamatli bo‘ldi