date
views 143

Tramp oilasi milliardlab dollar ishlamoqda: kripto, villalar va golf

Tramp oilasi milliardlab dollar ishlamoqda: kripto, villalar va golf
AQSH prezidenti Donald Tramp so‘nggi oylarda shaxsiy boyligini sezilarli darajada oshirishga erishgan. The New York Times tahlilchilari aprel oyi davomida Tramp oilasiga mansub kompaniyalar kamida 2 milliard dollar daromad ko‘rganini hisoblab chiqdi.

Moliyaviy o‘sishga oila qo‘lidagi turli manbalar turtki bo‘lmoqda. Jumladan, hozirda bitta tokeni 13 dollardan baholanayotgan $TRUMP kriptovalyutasi orqali ham katta foyda olinmoqda. Ushbu tokenni xarid qilganlar orasida Oq uyga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘layotganlar ham bor.

Tramp oilasining kriptovalyutaga oid faoliyatini World Liberty Financial kompaniyasi yuritmoqda. Mazkur kompaniyaga BAA hukumati allaqachon 2 milliard dollar sarmoya kiritgan va ushbu investitsiya orqali har yili o‘nlab million dollar daromad qaytarilishi kutilmoqda.

Boshqa tomondan, Qatar Tramp biznesiga bog‘liq bo‘lgan golf klublari va luks villalar qurilishi uchun 5,5 milliard dollarlik katta mablag‘ yo‘naltirmoqda. Saudiya kompaniyalari esa Dubayda Trump International mehmonxonasi va qator tijorat inshootlarini barpo etish uchun 1 milliard dollar sarmoya kiritgan.

The New York Times ta’kidlashicha, ushbu kompaniyalar asosan Trampning o‘g‘illari nomiga rasman rasmiylashtirilgan. Bu orqali formal jihatdan manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilmayotgandek ko‘rinishi mumkin. Biroq tahlilchilar bu holatda ochiq axloqiy ziddiyat borligini ta’kidlashmoqda.

Prezidentlik lavozimida bo‘lgan Tramp hozirda Serbiya, BAA, Ummon va boshqa davlatlar hukumatlari bilan biznes aloqalarni rivojlantirmoqda. Mutaxassislar fikricha, bu hamkorliklar orqali u shaxsiy manfaatlari uchun siyosiy qarorlar qabul qilishga urinishi mumkin. AQSH qonunlariga ko‘ra, bunday holatlar korrupsiya deb baholanadi.

Hozircha bu masalada rasmiy tergov yoki javobgarlik belgilanmagan. Ammo jamoatchilik orasida bu kabi biznes-siyosiy bog‘lanishlar yuzasidan savollar tobora ko‘paymoqda.

Siz nima deb o‘ylaysiz: davlat rahbari o‘z biznesi orqali milliardlar ishlashi mumkinmi? Bu odilonami?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp oilasi milliardlab dollar ishlamoqda: kripto, villalar va golf