date
views 243

“Biz 21 yil urushganmiz”: Medinskiy muzokarani tarixiy ma’ro‘zaga aylantirdimi?

“Biz 21 yil urushganmiz”: Medinskiy muzokarani tarixiy ma’ro‘zaga aylantirdimi?
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar hafsalani pir qiluvchi natija bilan yakunlandi. Tinchlik haqida hech qanday amaliy kelishuv qayd etilmadi. Faqat tomonlar "keyinchalik yana kelishib ko‘ramiz" degan umumiy va aniq bo‘lmagan fikrda bir to‘xtamga kelishdi. Yagona jiddiy kelishuv — 1000 nafargacha asirlarni almashish haqida bo‘ldi.

“Biz urush istamaymiz, lekin...”

Rossiya delegatsiyasi rahbari, tarixchi va sobiq madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy muzokara davomida o‘zining tarixga moyilligini yana bir bor namoyon qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya urushni istamaydi, biroq "bir yil, ikki, uch — qancha kerak bo‘lsa ham urushishga tayyor". U hatto Shvetsiya bilan 21 yil davom etgan urushni misol keltirib:

“Biz abadiy urushishga tayyormiz. Siz-chi?” — deya ukrain delegatsiyasiga murojaat qilgan.

Uning ta’kidlashicha, bu muzokara stol atrofida o‘tirganlardan yanada ko‘proq qurbonlar talab qilishi mumkin, ammo bu Rossiyani to‘xtatmaydi.

Sumi va Xarkiv haqida tahdid

The Economist nashri muxbiri Oliver Kerrolning yozishicha, muzokara davomida Rossiya delegatsiyasi Sumi viloyatida bufer zona yaratish, hatto zarurat tug‘ilsa, Sumi va Xarkivni egallab olish bilan tahdid qilgan. Bu ma’lumot ukrainalik deputat Aleksey Goncharenko tomonidan ham tasdiqlangan.

30 kunlik o‘t ochish rad etildi

Kiyev delegatsiyasi tomonidan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifi bildirilgan bo‘lsa-da, Rossiya tomoni buni keskin rad etgan. Ularga ko‘ra, bunday yanglish qadamlar tarixdan xabardor bo‘lmaganlar tomonidan qo‘yiladi. Medinskiy, hatto Rossiya telekanallaridan biriga bergan intervyusida buni ta’kidlab, tarixiy misol sifatida Bismarkni ham tilga oldi. Uning fikricha, urush va muzokaralar doim birga davom etgan.

Faqat asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Urushni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday amaliy natijaga erishilmadi. Ammo Rossiya va Ukraina 1000 nafargacha asirlarni almashish borasida kelishuvga erishdi. Bu — muzokaraning yagona amaliy natijasi sifatida qayd etildi.

Zamin.uz tahririyatidan:
Tinchlik muzokaralari kerakli natijalarga emas, balki tarixiy bahslar va keskin bayonotlarga boy uchrashuvga aylanmoqda. Janob Medinskiyning gaplari — diplomatik muloqotdan ko‘ra, tarixiy ma’ruzani eslatadi. Agar tinchlik haqida real qadamlar tashlanmasa, bu faqat minbar orqali gaplar bo‘lib qoladi, xolos.

Siz bu muzokara haqida nima deb o‘ylaysiz? Sizgacha yetib kelgan eng ishonchli yechim qaysi, deb hisoblaysiz? Tarix haqida ma’ruza o‘qish vaqti emasmikan?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Biz 21 yil urushganmiz”: Medinskiy muzokarani tarixiy ma’ro‘zaga aylantirdimi?