07:24 / 25.11.2016
7 372

Arab mediasi tabiat Isroildan o‘ch olayotganiga ishora qildi

Arab mediasi tabiat Isroildan o‘ch olayotganiga ishora qildi

Arab ijtimoiy tarmoqlarida seshanba kunidan beri davom etib kelayotgan Isroildagi yong‘inlar mavzusi keng muhokama qilinmoqda. The Jerusalem Post shu mavzuga to‘xtalib o‘tdi, deyiladi Kun nashrida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, quruq va kuchli shamol Isroilning markaziy va shimoliy qismi, shuningdek g‘arbiy qirg‘oq bo‘ylab yong‘inlarning tez tarqalishiga sabab bo‘ldi.

Jamoatchilik xavfsizligi vaziri Gilad Erdan (Likud) payshanba kuni ertalab yong‘inlarning qasddan uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgani haqida ma’lum qilgan. Shu vaqtning o‘zida Ta’lim vaziri Bennet (Bayit Yahudiy) bu ishlarni uyushtirgan odam yahudiy bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlagan.

Manbaga ko‘ra, shu kunlarda arab ijtimoiy tarmoqlarida "Tel_Aviv_IsBurning" (Tel-Aviv yonmoqda) xeshtegi trendga aylangan.

Eng keng tvitlangan postlardan biri Abu-Dabi polisiya xodimi tomonidan yozib qoldirilgan. Unda quyidagi so‘zlar yozilgan: "Isroil namozga chorlovchi azonni taqiqladi va shundan keyin olov ichida qoldi".

Bundan tashqari, Misr, Iordaniya va Fors ko‘rfazi Amirliklari ijtimoiy medialari ham Isroilning azonni taqiqlashga doir bahsli qonun loyihasi tufayli tabiat ana shunday yo‘l bilan o‘ch olayotganiga ishora qilishdi.

Shuningdek Quvayt Katta masjidining imomi - shayx Mishariy Rashid Al- A’fasiy o‘zining Twitter'dagi sahifasida yong‘inga "omad tilab", kinoyali izoh qoldirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arab mediasi tabiat Isroildan o‘ch olayotganiga ishora qildi