date

G‘azo haqida gapirgan talabaga diplom berilmadi

G‘azo haqida gapirgan talabaga diplom berilmadi
Nyu-York universiteti talabasi Logan Rozos bitiruv marosimida so‘zlagan nutqida G‘azodagi fojealarni tilga olgani uchun unga diplom topshirishni kechiktirdi. Bu haqda CNN axborot agentligi xabar berdi.

14 may kuni bo‘lib o‘tgan marosimda Rozos shunday degan:

“Bugun yuragimdagi dardni sizlar bilan baham ko‘lar ekanman, G‘azoda kechayotgan qirqinni tilga olmasdan ilojim yo‘q. AQSH bu urushni siyosiy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlayapti. Soliqlarimiz esa aynan shu qon to‘kilishga sarflanmoqda”.

Uning so‘zlari olqishlarga, ba’zi o‘qituvchilar tomonidan qarsaklarga va shu bilan birga, hushtak ovozlariga sabab bo‘ldi.

Universitet intizomiy tekshiruv boshladi

Nutqdan so‘ng universitet ma’muriyati talabaning diplomini vaqtincha ushlab turishini ma’lum qildi va unga nisbatan intizomiy chora ko‘rish jarayoni boshlanganini bildirdi.

Tramp ma’muriyati qat’iy chora ko‘rishni qo‘llab-quvvatlamoqda

AQSHda ayrim siyosiy doiralar, jumladan Donald Tramp ma’muriyati, G‘azoni qo‘llab-quvvatlovchi talabalarning namoyishlariga qarshi sanksiyaviy choralarni ko‘rib chiqmoqda. Nyu-York universiteti esa 2025 yil boshida Adliya vazirligi tomonidan "antisemitizmdan jabr ko‘rgan" universitetlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Amerika-Islom munosabatlari kengashi: “Bu xiyonat”

Amerika-Islom munosabatlari kengashi (CAIR) universitetga talabaning diplomini topshirishni talab qilgan holda, bu holatni Amerikadagi so‘z erkinligi va demokratik qadriyatlarga xilof deb baholadi.

“Talabalarni o‘z fikrini aytgani uchun jazolash — bu Amerika erkinliklariga xiyonatdir”, — deyiladi CAIR bayonotida.

Zamin.uz tahririyatidan:
G‘azo mojarosi dunyo bo‘ylab yuzlab universitetlarda muhokamaga sabab bo‘layotgan mavzuga aylangan. Endilikda bu mojaro faqat siyosiy emas, balki ta’lim, erkinlik va inson huquqlari nuqtayi nazaridan ham dolzarb masalaga aylanmoqda. Siz bu voqea yuzasidan qanday fikrdasiz?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azo haqida gapirgan talabaga diplom berilmadi