
18 may kuni Vatikanda yangi saylangan Rim Papasi Lev XIV ning rasman lavozimga kirishish marosimi tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim marosimda O‘zbekiston Respublikasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov rasmiy vakil sifatida ishtirok etdi.
Vatikanda to‘plangan yuz minglab insonlar
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 250 ming nafarga yaqin inson Vatikan markazi — Avliyo Pyotr maydoni va uning atrofiga yig‘ilgan. Marosimga 156 ta xorijiy davlatlar, shohlik sulolalari va turli din vakillaridan tashkil topgan delegatsiyalar tashrif buyurgan.
O‘zbekiston tabrigi va Prezidentning salomi
Marosim rasman yakunlanganidan so‘ng, spiker Nuriddin Ismoilov yangi Papani shaxsan tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuborilgan samimiy tabrik va salomlarni yetkazdi. Papa Lev XIV esa O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga minnatdorlik izhor etdi.
Xotirlash joiz: Joriy yilning 26 aprel kuni Vatikandagi sobiq Papa Fransiskning dafn marosimida ham O‘zbekistondan yuqori darajali rasmiy — Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirok etgan edi.
Zamin.uz tahririyatidan:
O‘zbekistonning xalqaro siyosiy marosimlardagi doimiy ishtiroki mamlakatning tinchlik, muloqot va dinlararo bag‘rikenglik siyosatini yanada mustahkamlamoqda. Vatikandagi ushbu uchrashuv esa O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasidagi diplomatik muloqotning muhim sahifalaridan biri sifatida yodda qoladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing