date
views 76

Rossiyaga vizasiz keluvchilar uchun QR-kod majburiy bo‘ladi

Rossiyaga vizasiz keluvchilar uchun QR-kod majburiy bo‘ladi
2025 yil 30 iyundan boshlab Rossiyaga vizasiz rejimda kelayotgan barcha chet el fuqarolari, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham safardan oldin «Gosuslugi RuID» mobil ilovasida onlayn ro‘yxatdan o‘tishi shart etib belgilandi. Bu haqda Rossiyaning mas’ul organlari rasman ma’lum qildi.

QR-kodsiz chegaradan o‘tish mumkin emas

Tizim talabiga ko‘ra, Rossiyaga vizasiz tartibda keluvchi shaxslar maxsus mobil dastur orqali ro‘yxatdan o‘tib, QR-kod olishi kerak bo‘ladi. Bu QR-kod chegaradan o‘tish paytida majburiy tarzda taqdim etilishi zarur bo‘ladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun nima qilish kerak?

Ariza yuborish jarayoni juda sodda:
- «Gosuslugi RuID» ilovasida shaxsiy kabinet yaratish;
- fotosurat va shaxsiy ma’lumotlarni yuklash;
- Rossiyada bo‘lish davrini ko‘rsatish.

Mazkur ariza Rossiyaga kelishdan kamida 72 soat oldin to‘ldirilishi lozim. Agar safar to‘satdan — misol uchun, yaqin qarindosh vafoti yoki shoshilinch tibbiy sabablarga ko‘ra amalga oshirilayotgan bo‘lsa, arizani 4 soat oldin ham yuborish mumkin.

Qanday shaxslar ro‘yxatdan ozod etiladi?

Ba’zi toifadagi fuqarolar ushbu tartibdan ozod etiladi:
- Belarus fuqarolari;
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar.

6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun arizani ularning ota-onasi yoki qonuniy vakillari topshiradi. Ular ham o‘z shaxsiy ro‘yxatdan o‘tish kodini olishlari kerak bo‘ladi.

Zamin.uz tahririyatidan:
Yangi tartib Rossiyaga boruvchi o‘zbekistonliklar uchun muhim o‘zgarish bo‘lib, safar oldidan tayyorgarlikni yanada aniq va rejali qilishni talab etadi. QR-kodsiz chegaradan o‘tish imkoni bo‘lmasligi sababli, har bir safar qiluvchi ushbu yangilikka tayyor bo‘lishi kerak. Siz buni qanday baholaysiz? Yaxshi tartibmi yoki ortiqcha yukmi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaga vizasiz keluvchilar uchun QR-kod majburiy bo‘ladi