
Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida yetishtirilgan 379 kilogramm tirik yomg‘ir chuvalchangi Birlashgan Arab Amirliklariga eksport qilindi. Bu haqda Rosselxoznadzorning mahalliy bo‘limi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Habarda qayd etilishicha, ushbu chuvalchanglar Amirliklarda tuproqning unumdorligini oshirish, biogumus (vermikompost) tayyorlash va ekologik toza o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, chuvalchanglar organik chiqindilarni yuqori sifatli biogumusga aylantiradi. Vermikompost tarkibida 1,5 foizgacha azot, 0,5 foiz fosfor va 0,5 foiz kaliy, shuningdek, o‘simliklar rivoji uchun zarur bo‘lgan boshqa qimmatli mikroelementlar mavjud.
Manbalarga ko‘ra, ushbu chuvalchanglar Yekaterinburg shahrida joylashgan maxsus vermifermada yetishtirilgan. Vermifermada oziq-ovqat chiqindilari maxsus yopiq konteynerlarda chuvalchanglar yordamida qayta ishlanib, ekologiyaga foyda keltiradigan biogumusga aylantiriladi.
Eksport qilingan chuvalchanglarga tegishli veterinariya hujjatlari ham tayyorlab berilgan.
Shuni ta’kidlash joizki, yomg‘ir chuvalchanglari biznes sohasida ancha serdaromad yo‘nalish hisoblanadi. Ular nafaqat qishloq xo‘jaligi sohasida o‘g‘it ishlab chiqarishda, balki baliqlar uchun ozuqa sifatida ham keng ishlatiladi. Shuningdek, ayrim mamlakatlarda chuvalchanglardan farmatsevtika mahsulotlari tayyorlashda ham foydalaniladi.
Zamin.uz tahririyati qiziqarli va noodatiy eksport mahsulotlari haqidagi xabarlarni sizlarga tezkor yetkazishda davom etadi. Siz bu turdagi biznes istiqbollari haqida nima deb o‘ylaysiz?
Foto: Rosselxoznadzor
RossiyaSverdlovsk ViloyatiYomg‘ir ChuvalchanglariBirlashgan Arab AmirliklariBiogumus TayyorlashEkologik TozaO‘g‘itlar Ishlab ChiqarishOziq-ovqat ChiqindilariVeterinariya Hujjatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar