date
views 213

Zelenskiy: Ukraina hech qachon o‘z hududidan chekinmaydi

Zelenskiy: Ukraina hech qachon o‘z hududidan chekinmaydi
19 may kuni kechqurungi brifingda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya va AQSH prezidentlari — Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi telefon muloqotidan so‘ng, Kiyevning pozitsiyasiga aniqlik kiritdi. Uning taʼkidlashicha, Ukraina hech qanday sharoitda o‘z hududlaridan qo‘shinlarini olib chiqmaydi.

“Bu — mening konstitutsiyaviy burchim”

Zelenskiy o‘z chiqishida milliy xavfsizlikni taʼminlash va davlat hududini muhofaza qilish prezident sifatida uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri burchi ekanini taʼkidladi:

“Hech qanday ultimatumlar qabul qilinmaydi. Hech kim o‘z yurti, xalqini yoki uyini tark etmaydi. Agar Rossiya qo‘shinlarni chiqarishimizni shart qilib qo‘yayotgan bo‘lsa, bu — ular tinchlikni istamayapti, degani. Ular yaxshi tushunishadi: Ukraina buni qilmaydi.”

Tramp va Putin suhbati ortidan munosabat

Zelenskiy, shuningdek, Donald Tramp tomonidan bildirilgan bayonotlarga ham eʼtibor qaratdi. AQSH prezidenti Rossiya murosaga tayyor ekanini taʼkidlagan, shu bilan birga, Kiyev va Moskva o‘rtasida bevosita muzokaralar boshlanishiga umid bildirgan edi.

“Avvalo – o‘t ochishni to‘xtatish”

Zelenskiyning fikricha, urushni tugatishga bo‘lgan haqiqiy tayyorgarlik avvalambor frontda o‘t ochishni to‘xtatish bilan boshlanishi kerak. U shunday dedi:

“Agar Moskva chinakam tinchlik istasa, birinchilardan bo‘lib o‘t ochishni to‘xtatishi lozim edi. Ana shunda biz murosaga tayyorlikni amalda ko‘rar edik.”

Zamin.uz tahririyatidan:

Zelenskiyning murosaga emas, suverenitet va xavfsizlikni ustuvor qo‘yayotgan pozitsiyasi Ukraina-Rossiya kelishuvi sari qo‘yiladigan har qanday qadamda asosiy to‘siq bo‘lib turibdi. Siz qanday fikrdasiz: tinchlikka erishish uchun qaysi tomon birinchilardan bo‘lib yon bosishi kerak?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: Ukraina hech qachon o‘z hududidan chekinmaydi