date
views 69

Sesam ko‘chasi Netflix'ga ko‘chdi: Tramp qarori ortidan yangi shartnoma

Sesam ko‘chasi Netflix'ga ko‘chdi: Tramp qarori ortidan yangi shartnoma
Mashhur bolalar dasturi “Sesam ko‘chasi” endi Netflix striming platformasida namoyish etiladi. Bu yangilik AQSH Prezidenti Donald Tramp davlat mablag‘larini Ommaviy Teleradio Xizmatlariga (PBS) to‘xtatish haqidagi qaroridan keyin e’lon qilindi. Netflix o‘z bayonotida “Sesam ko‘chasi”ni bolalar media olamidagi “sevimli va ahamiyatli burchak” deb ta’riflab, uning yoshlar qalbida bilimga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otishini ta’kidladi.

Mazkur kelishuvga ko‘ra, Netflix o‘zining 300 millionlik obunachisiga dasturning yangi mavsumi va 90 soatlik arxiv epizodlarini taqdim etadi. Shu bilan birga, “Sesam ko‘chasi” hanuz PBS orqali ham efirga uzatiladi.

Dastur kelajagi xavf ostida edi, chunki uning avvalgi mediashariklaridan biri — Warner Bros Discovery uning translyatsiya huquqini yangilamaslikka qaror qilgan edi. Bu kompaniyaga HBO platformasi tegishli bo‘lib, u orqali “Sesam ko‘chasi” efirga uzatilgan.

Ayni paytda, Prezident Tramp PBS va Milliy Ommaviy Radio (NPR) tarmoqlarini “bir tomonlama va siyosiy yondoshuvda” ayblab, ularni moliyalashtirishni to‘xtatish haqidagi farmonni imzoladi. Bu qaror ortidan, ushbu ikki media tarmoqni qo‘llab-quvvatlovchi davlat agentligi — Ommaviy Teleradio Korporatsiyasi bolalar uchun mo‘ljallangan ko‘rsatuvlar mablag‘lashtirilishini bekor qildi.

Yangi kelishuv asosida, PBS Netflix'da chiqadigan “Sesam ko‘chasi” epizodlarini aynan shu kuni efirga uzatish huquqiga ega bo‘ladi.

“Sesam ko‘chasi” dasturi ilk bor 1969-yil 10-noyabrda namoyish etilgan. Loyiha asoschilaridan Lloyd Morrisett va Joan Gans Kuni Garvard Universiteti Ta’lim fakultetini jalb etgan holda, bolalarga bilim berishning noan’anaviy usulini yaratdilar. Psixologlar guruhi bolalar rivojlanish psixologiyasini tahlil qilgan holda, qiziqarli va tarbiyaviy ko‘rsatuvni ishlab chiqishdi. Ular mashhur qug‘irchoqlar yaratuvchisi Jim Henson bilan hamkorlikda Big Byord kabi qahramonlarni yaratdilar. Dekoratsiya esa shahar ko‘chasi ko‘rinishida tayyorlangan edi.

Yillar mobaynida bu dastur bir necha avlod bolalarini tarbiyaladi. “Sesam ko‘chasi” qahramonlari kichik ekrandan tashqarida ham katta ta’sirga ega bo‘ldi. Masalan, 2002-yili Elmo AQSH Kongressida musiqa ta’limi to‘g‘risida so‘zlagan. 2006-yilda esa mamlakatda bolalar semizligi muammosi ortishi bilan dasturda sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik mavzulariga bag‘ishlangan “Health Habits” nomli segmentlar namoyish etildi. Cookie Monster esa pechene “ba’zan yeyiladigan ozuqa” ekanini ta’kidlab, bolalarga muvozanatli parhez haqida ta’lim berdi.

Qolaversa, sobiq birinchi xonim Mishel Obama ham “Sesam ko‘chasi” studiyasiga tashrif buyurib, sog‘lom ovqatlanish mavzusidagi rolikda ishtirok etgan.

Netflix o‘z kontentida bolalar uchun mo‘ljallangan loyihalarga katta e’tibor qarata boshladi. Bugungi kunda striming platformasi tomoshalarining taxminan 15 foizi bolalar kontentiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, Netflix Peppa Pig multfilmining yangi qismlari va bolalar uchun mo‘ljallangan rang-beradigan, topishmoq va o‘yinlardan iborat mobil o‘yin chiqarilishini ham e’lon qildi. Bu multfilm to‘rt yoshli Peppa ismli cho‘chqa va uning oilasi haqida bo‘lib, u Britaniyadagi o‘yma-o‘yma shaharchada yashaydi.

Shunday qilib, “Sesam ko‘chasi” yangi platformada yangi hayotga qadam qo‘ymoqda — eskidan tanish ko‘rsatuvimiz endi zamonaviy raqamli maydonda bolalarga ta’lim va tarbiyani davom ettiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sesam ko‘chasi Netflix'ga ko‘chdi: Tramp qarori ortidan yangi shartnoma