date
views 56

Tramp: “Bayden hujjatlarni o‘zi imzolamagan”

Tramp: “Bayden hujjatlarni o‘zi imzolamagan”
AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden hokimiyatda bo‘lgan davrida hech qanday hujjatni shaxsan imzolamagan. Bu haqda amaldagi davlat rahbari Donald Tramp jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Trampning aytishicha, uning ma’muriyati vakillari “qonunning qanday qabul qilinganini sinchkovlik bilan o‘rganishni boshlamoqda”. Amerika yetakchisining fikricha, ushbu qonun AQSHda “ochiq chegaralar” siyosatining o‘rnatilishiga olib kelgan.

“Menimcha, Bayden bu haqda bilmagan. Hech kim ochiq chegaralarni xohlamasa kerak. Endi esa bu uning ishi emasligi ma’lum bo‘ldi. Imzo avtoper (avtomatik imzoni aks ettiruvchi qurilma) bilan qo‘yilgan”, dedi AQSH rahbari.
AQSH prezidenti Bayden davrida mamlakatni davlat rahbarining avtomatik imzosidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan “radikal so‘l xayolparastlar” boshqargani haqidagi fikrini bildirdi.

“Sog‘lom fikrli birorta odam bunga imzo qo‘ymagan bo‘lardi. Jo Bayden sog‘-salomat bo‘lganida, buni hech qachon imzolamagan bo‘lardi. U hech qachon chegaralarni ochmagan bo‘lardi. Avtomatik imzoni kim boshqargan? Bu juda jiddiy masala. Bizda hech narsani imzolamagan prezidentimiz bor edi. U deyarli barcha hujjatlar uchun avtomatik imzodan foydalangan”, dedi Oq uy rahbari.

Ilgari The Wall Street Journal gazetasi xabar berganidek, Baydenning yaqin atrofidagilar sobiq Amerika yetakchisining amaldorlari va yordamchilari prezidentlik saylovlari yakunlanguniga qadar uning aqliy qobiliyatlarini ommaviy muhokama qilmasliklarini nazorat qilib turgan.

Bayden — AQSH tarixidagi eng keksa prezident bo‘lib, ko‘pincha o‘zining siyosiy raqiblariga uning aqliy qobiliyatlariga shubha qilish uchun sabab bergan, ommaviy nutqlarida muntazam ravishda til xatolar va noo‘rin iboralarga yo‘l qo‘ygan. Respublikachilar partiyalararo kurashda Baydenning davlatni samarali boshqarish qobiliyatini shubha ostiga qo‘yish uchun bundan foydalanishgan. Lavozimda ishlagan davrida u bir necha marta qoqilib yiqilgan, chalkashib ketgan, fikrini aniq ifodalashga qiynalgan.

Avvalroq AQSH Adliya vazirligi sobiq prezidentning rafiqasi Jill Baydenni, turmush o‘rtog‘ida prostata saratoni aniqlangani sababli, sudga bermoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi. Xususan, vazirlik ta’kidlashicha, Jill turmush o‘rtog‘ining kasalligini bilgan holda, 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida uning nomzodini qo‘yishda qat’iy turgan.

Aprel oyida Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroda AQSHning sobiq rahbari Jo Baydenni aybdor deb atagandi. Bundan oldin esa Tramp Bayden ma’muriyatini AQSH va Rossiya munosabatlarini yomonlashtirishda ayblagandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: “Bayden hujjatlarni o‘zi imzolamagan”