date
views 92

Rossiya pasporti evaziga front: 20 ming migrant jangga yuborildi

Rossiya pasporti evaziga front: 20 ming migrant jangga yuborildi
Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikinning bayonotiga ko‘ra, Ukrainadagi jangovar hududlarga Rossiya fuqaroligini olgan 20 mingdan ziyod kishi yo‘llangan. Ular asosan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan, keyinchalik Rossiya pasportlarini olgan fuqarolar ekani ta’kidlanmoqda.

Bastrikinning ma’lum qilishicha, Rossiyada “voyenkomat”ga borishni xohlamagan fuqarolar soni 80 mingdan oshgan. Ular orasida qo‘lga olinganlar ham bor va ko‘pchiligi majburiy tarzda harbiy hisobga qo‘yilgan. Shu bilan birga, 20 ming nafar yosh migrant “front chizig‘iga jo‘natilgan”, deya ta’kidladi Tergov qo‘mitasi rahbari.

Fuqarolik evaziga majburiy xizmat

So‘nggi oylarda Rossiya huquq-tartibot organlari tomonidan yirik reydlar o‘tkazilmoqda. Ular chog‘ida fuqarolik olgan, biroq harbiy hisobda turmagan shaxslarga chaqiruv qog‘ozlari tarqatilmoqda, “voyenkomat”larga olib ketilmoqda. Qator hollarda pasport bilan tahdid qilinib, jang qilish shartnomasini imzolashga majburlanayotganlar ham bor.

2024 yil iyunida Bastrikin yana bir bor shu mavzuda chiqish qilib, harbiy hisobda turmagan 30 ming chet ellik qo‘lga olinganini aytgan. Ularning 10 ming nafari front ortidagi “okop qazish” ishlariga yo‘naltirilgan.

Zamin.uz tahririyatidan:
Rossiya fuqaroligini olish ko‘p hollarda himoya va imkoniyatlar demakdir. Biroq bu ma’lumotlar shartli erkinlikning qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Siz bu haqda qanday fikrdasiz? Fuqarolikning bunday “badali” qanchalik adolatli?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya pasporti evaziga front: 20 ming migrant jangga yuborildi