date
views 113

Putin Tramp bilan suhbatda yutuqqa erishdimi? Bloomberg tahlili

Putin Tramp bilan suhbatda yutuqqa erishdimi? Bloomberg tahlili
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning AQSH prezidenti Donald Tramp bilan yaqindagi telefon muloqoti ortidan xalqaro siyosiy muhitda yangi qarama-qarshiliklar va xavotirlar paydo bo‘ldi. Bloomberg nashrining tahliliga ko‘ra, bu suhbatda Putin diplomatik jihatdan vaqt yutdi va Tramp tomonidan keskin bosimlar va sanksiya tahdidlarining yumshashiga erishdi.

Tramp so‘zlarida “muloyimlik” ko‘rinmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp suhbat paytida Putinga nisbatan keskin bosim o‘tkazishdan tiyilgan. Bu esa ekspertlar tomonidan Rossiyaga signal sifatida qabul qilindi — ya’ni, agar Putin o‘t ochishni to‘xtatish talabini rad etsa ham, AQSH unga nisbatan yangi sanksiyalarni qo‘llamasligi mumkin.

Jurnalistlar ta’kidlaganidek, Tramp hatto Oval kabinetda prezident Zelenskiyni bir necha bor tanqid qilgan va Kremlning ayrim tezislarini takrorlagan. Bu holat Yevropa davlatlari orasida Vashington Ukrainaga yordamdan chekinishni boshlamoqda, degan xavotirni kuchaytirgan.

Uotling: “Bu diplomatik chekinish Putinga foyda”

Londondagi Qirollik mudofaa tadqiqotlari instituti tahlilchisi Jek Uotlingga ko‘ra, suhbat natijalari Rossiya uchun ijobiy.

Moskva hozircha Ukrainadagi ta’sirini kuchaytirishi mumkin deb o‘ylayapti. Agar Tramp Rossiyaga qattiq bosim o‘tkazishdan voz kechsa, Kreml o‘z amaliyotlarini faollashtiradi,” — dedi u.

Kiyev xavotirda, chunki AQSH asosiy kuch

Ukraina prezidenti apparati va siyosiy doiralar bu suhbatning ichidagi diplomatik yumshashdan jiddiy xavotirga tushmoqda. Chunki Kiyevning Patriot raketa tizimlari, Starlink razvedka imkoniyatlari kabi muhim qurol va aloqalardagi asosiy tayanchi aynan AQSH hisoblanadi. Agar Vashingtonning bosimi susaysa, Ukraina muzokaralarda kuchsizroq pozitsiyada qolishi mumkin.

Rossiyaning o‘zi ham tanlov oldida

Shu bilan birga, Jek Uotling ta’kidladiki, Kreml ham cheksiz urushni davom ettirish imkoniga ega emas. Agar urush 2026 yilgacha cho‘zilsa, Rossiya yangi, og‘ir iqtisodiy va siyosiy tanlov — masalan, katta miqyosli safarbarlikga muhtoj bo‘ladi.

Rossiyadagi ichki tahlil: muzokarada “pozitsiya mustahkamlanmoqda”

Rossiyaning “Milliy mudofaa” jurnali bosh muharriri Igor Korotchenkoning fikriga ko‘ra, Rossiya qaysi hududlarni egallashiga qaramay, muzokaralarda o‘z pozitsiyasini mustahkamlay oladi.

Zamin.uz tahririyati xalqaro siyosiy jarayonlar, Trampning keyingi bayonotlari va Putinning muzokaralar strategiyasini kuzatishda davom etadi. Siz qanday fikrdasiz — Trampning pozitsiyasi tinchlikka xizmat qiladimi yoki urushni cho‘zadimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Tramp bilan suhbatda yutuqqa erishdimi? Bloomberg tahlili