date
views 279

Putin tashrifi paytida dronlar hujumi: Kursk osmonida xavf kuchaydi

Putin tashrifi paytida dronlar hujumi: Kursk osmonida xavf kuchaydi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 20 may kuni amaliy tashrif bilan Kursk viloyatiga kelgan vaqtida ushbu hudud Ukraina qurolli kuchlari tomonidan keng ko‘lamli dronlar hujumiga uchradi. Rossiya ommaviy axborot vositalari yozganidek, prezident safar paytida havodagi xavfni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi.

Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimi mazkur hujumga tezkor javob qaytardi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Kursk osmonida 46 ta dron aniqlanib, ularning barchasi yo‘q qilingan. Bu haqda havo mudofaasi diviziyasi qo‘mondoni Yuriy Dashkin ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum vaqtida prezident vertolyoti dronlar harakatlanish markazida bo‘lgan.

— Putin hududda bo‘lib turgan vaqtda Ukraina tomoni dronlar orqali misli ko‘rilmagan miqyosdagi hujumni amalga oshirdi. Samolyot shaklidagi 46 ta dronni yo‘q qilishga erishildi, — degan Dashkin jurnalistlar bilan suhbatda.

Prezident Kurskda nima qildi?

Putinning Kurskka tashrifi rasman 21 may kuni e’lon qilindi. Safar doirasida u hududda faoliyat yuritayotgan kurs ko‘ngillilari bilan uchrashdi, shuningdek, qurilishi ketayayotgan AES-2 obyektiga tashrif buyurdi. Shu kuni prezident viloyat rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteyn bilan ham muloqot o‘tkazdi.

Ushbu tashrif Putinning urush boshlanganidan buyon Kursk viloyatiga qilgan ikkinchi rasmiy borishi bo‘ldi. Ilk tashrif 2024 yil mart oyida amalga oshirilgan bo‘lib, o‘shanda prezident frontdagi voqelik bilan tanishgandi. Qiziq tomoni, bu Ukraina Qurolli kuchlari 2024 yil 14 avgustda mazkur yo‘nalishda hujum boshlaganidan keyingi ilk tashrif sanaladi.

Kurskdagi front qanday boshlangan edi?

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 6 avgustda Ukraina armiyasi Rossiyaning Kursk viloyatida harbiy harakatlarni boshlaganini ma’lum qilgan. Qo‘shni mamlakat hujumlari oqibatida 12 avgustga kelib 28 ta aholi punkti Ukraina nazoratiga o‘tgani haqida gubernator vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov bildirgan edi.

2025 yil boshlarida Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina tomoni umumiy 1 268 km² hududni egallab olganini ma’lum qilgan. Bu esa viloyatning taxminan 4 foiz qismiga to‘g‘ri keladi (Kursk viloyati umumiy maydoni — 29,9 ming km²). Yanvar va fevral oylarida bosqichma-bosqich javob harakatlari olib borilib, janglar natijasida 64 foiz hudud Rossiya nazoratiga qaytarilgani aytildi.

Zelenskiy va Putinning qarama-qarshi bayonotlari

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kurskdagi operatsiyani Rossiya harbiy salohiyatini zaiflashtirish, hujumlar salohiyatini cheklash va bufer hudud yaratish deb ta’riflagan. Aprel oyida esa Vladimir Putin Kursk viloyati to‘liq “ozod etilgani”ni e’lon qildi. Ammo Ukraina tomoni viloyatdagi janglar hali ham to‘xtamaganini ta’kidlamoqda.

Kurskdagi so‘nggi hodisalar, ayniqsa Putin tashrifi davomidagi dronlar hujumi, mintaqada vaziyat yana keskinlashganini ko‘rsatmoqda. Rossiya tomoni mudofaa tizimining samaradorligini ko‘rsatishga harakat qilmoqda, Ukraina esa frontni bosim ostida ushlab turishga intilayotganini bildirmoqda. Siyosiy va harbiy ziddiyat davom etayotgan bir paytda, har bir hujum va tashrif xalqaro hamjamiyat e’tiborida qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin tashrifi paytida dronlar hujumi: Kursk osmonida xavf kuchaydi