
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro bo‘yicha yana bir marotaba keskin bayonot bilan chiqdi. Uning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahon xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgan bo‘lib, “olov bilan o‘ynayapti”. Bu haqda Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
— Vladimir Putin tushunmayapti, agar men prezidentlik lavozimida bo‘lmaganimda, Rossiya bilan juda ko‘p yomon holatlar sodir bo‘lgan bo‘lardi. Haqiqiy falokatlar, — deb yozdi Tramp, batafsil tafsilotlarni keltirmasdan.
Uning ta’kidlashicha, Putin juda xavfli yo‘lni tanlagan va bu oqibatda global barqarorlik izdan chiqishi mumkin.
— U olov bilan o‘ynayapti! — deb qo‘shimcha qildi Tramp.
Bu bayonot Rossiyaning Ukraina shaharlariga raketalar va dronlar orqali ommaviy zarbalar bergani va oqibatda 12 kishining halok bo‘lgani xabarlari ortidan keldi. Bu holatga javoban Tramp Putinni ochiq va keskin tanqid qildi:
— U butunlay aqldan ozgan! Putin zaruratsiz juda ko‘p odamlarni o‘ldirmoqda. Bu faqat harbiylar emas — tinch aholi ham jabr chekyapti. Ukraina shaharlariga hech qanday asossiz raketa va dronlar yo‘llanmoqda, — deya fikr bildirdi AQSHning sobiq rahbari.
Kreml esa Trampning bayonotiga munosabat bildirib, uni “hissiy yuklama ta’sirida yozilgan” deb baholadi. Rossiya rasmiylari ushbu tanqidni jiddiy qabul qilmasligini bildirishgan.
Xalqaro siyosiy muhitdagi bunday keskin bayonotlar Putin va Tramp o‘rtasidagi murakkab munosabatlar haqida yangi bahslarni keltirib chiqarmoqda. Endilikda kuzatuvchilar Vashington va Moskva o‘rtasidagi ritorika yanada chuqurlashishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar