
Ozarbayjon va Armaniston tinchlik bitimini imzolash bo‘yicha hal qiluvchi bosqichga yetib kelishdi. Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryanning aytishicha, ikki davlat hozirda diplomatik kanallar orqali muzokaralarni yakunlamoqda.
“Biz hozir tinchlik bitimini imzolash borasida maslahatlashuvlar olib bormoqdamiz”, — dedi Grigoryan jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma matni bo‘yicha barcha kelishuvlar erishilgan va faqat imzo qo‘yish qoldi.
Bundan tashqari, Grigoryan Armaniston tomoni tinchlik bitimi imzolangan kuniyoq YEXHT Minsk guruhini tarqatish haqidagi bayonotni tayyorlashga ham tayyor ekanini ma’lum qildi.
Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, agar mamlakat Konstitutsiyaviy sudi ushbu bitimni tasdiqlamasa, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni taklif qilishini bildirgandi.
“Biz tinchlik jarayonini boy bermasligimiz kerak. Uzoq muddatli barqarorlik uchun zarur bo‘lgan o‘zgarishlar haqida jamoatchilikni ishontirishga harakat qilamiz”, — dedi Pashinyan Yerevan muloqot forumida.
“Bitim imzolanishi kerak — bu bizning asosiy va muhim xabarimiz”, — deya qo‘shimcha qildi u. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing