
Germaniya kansleri Fridrix Mers Rossiya bilan munosabatlarda yangi va kutilmagan yo‘l tutmoqda. Bu haqda Germaniyaning nufuzli nashrlaridan biri – Junge Welt keng tahliliy maqolani e’lon qildi. Nashrning ta’kidlashicha, Mersning «strategik noaniqlik» deya nomlangan siyosiy harakati asosan Moskvaga bosim o‘tkazish va uning aniq rejalarini chalg‘itishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Kansler Mers boshchiligidagi yangi federal hukumat shakllanganidan so‘ng, Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berish haqidagi ma’lumotlarni ochiqlashni butunlay to‘xtatdi. Bunday qarorni kansler «strategik noaniqlik» deb izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu siyosiy usul Rossiya tomonini Ukrainaga tegishli bo‘lgan qurollarning soni va imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarning yetishmasligi tufayli mavhumlikda qoldirishi va shu orqali Moskva tomonini ehtiyotkorona harakat qilishga majburlashi kerak.
Biroq ayrim siyosiy ekspertlar va tahlilchilar kanslerning bu taktikasi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning avvalgi harakatlarini esga solayotganini ta’kidlamoqda. Ma’lumki, Makron ham strategik noaniqlik usuli bilan Rossiya bilan muzokaralarda o‘ziga yarasha natijaga erishishni istagan edi, ammo bu harakat muvaffaqiyatsiz yakunlangan va Fransiyaning xalqaro siyosiy obro‘siga zarar yetkazgan edi.
Nashrning yozishicha, Mers Makronning yo‘lini takrorlash bilan shu kabi xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bu esa nafaqat Germaniyaning xalqaro maydondagi obro‘sini tushirish xavfini tug‘diradi, balki Berlinning ishonchli hamkor sifatidagi mavqeiga ham zarar yetkazadi. Ayniqsa, bunday noaniqlik siyosiy jihatdan keskinliklarni kuchaytirib, Rossiyani yanada keskin va ehtiyotkor harakat qilishga majbur qilishi mumkin.
Ayni paytda bu noaniqlik Rossiya uchun eng yomon ssenariyni keltirib chiqarishi mumkin. Jumladan, Germaniyadan Ukrainaga TAURUS turidagi qanotli raketalar yetkazib berilishi ehtimoli mavjud. Agar bu kabi kuchli qurol yetkazib beriladigan bo‘lsa, Moskva ushbu voqelikka keskin va qattiq munosabat bildirishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu esa Yevropa xavfsizligi uchun jiddiy tahdidlarni yaratishi ehtimoldan yiroq emas.
Shunday qilib, Germaniya kanslerining bu maxfiy va noaniq rejasi qanday natija berishini hozircha oldindan taxmin qilish qiyin. Lekin xalqaro siyosiy doiralarda bu mavzu qizg‘in muhokama qilinayotgan bo‘lib, ekspertlar Mersning bu harakatlari keyingi bosqichlarda nimalarga olib kelishini kuzatib bormoqda. Germaniyaning bu qadami xalqaro siyosatda qanday oqibatlarga olib kelishi tez orada ma’lum bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar