
Rossiya hukumati AQSH prezidenti Donald Trampning qat’iy iltimosiga qaramay, Vladimir Putinning yordamchisi va sobiq madaniyat vaziri Vladimir Medinskiyni Ukraina bilan bo‘ladigan navbatdagi muzokaralarga jo‘natishga qaror qildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova 29 may kuni «Rossiya 24» telekanali orqali ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 2 iyun kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Rossiya-Ukraina muzokaralarida Rossiya delegatsiyasining tarkibi avvalgidek qoladi va unga yana Vladimir Medinskiy rahbarlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Medinskiy avval ham bir necha marta Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarni boshqargan edi. Xususan, 2022 yilda hamda shu yilning may oyida ham u Rossiya delegatsiyasining yetakchisi sifatida ishtirok etgan. Biroq uning bu muzokaralarga jalb etilishi G‘arb mamlakatlari, ayniqsa AQSH tomonidan keskin e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
Amerika hukumati, jumladan, prezident Trampning ma’muriyati, Vladimir Medinskiyni muzokaralar jarayonidan chetlatishni talab qilib kelmoqda. AQSH diplomatlari va vositachilari fikricha, bu kabi «qattiq siyosat tarafdori»ning ishtirok etishi tinchlik jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ular ayniqsa, Medinskiyning avvalroq Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini oqlovchi targ‘ibot xarakterdagi tarix darsliklari muallifi ekanidan xavotir bildirayotgan edi.
Qayd etish lozimki, Medinskiy o‘zining o‘tkir va bahsli bayonotlari bilan ham mashhur. U avvalroq rus xalqida «qo‘shimcha xromosoma» borligi haqidagi qarama-qarshi fikrlari orqali jamoatchilikda jiddiy bahslarni keltirib chiqargan.
Shunday bo‘lsa-da, Rossiya tomoni AQSH va G‘arb davlatlarining e’tirozlariga qaramasdan o‘z qarorini o‘zgartirishni rad etdi. Kremlga yaqin manbalarga ko‘ra, Vladimir Putinning shaxsan ishonch bildirgan odamlaridan biri bo‘lgan Medinskiy muzokaralarda Moskva manfaatlarini himoya qilish uchun eng munosib nomzod hisoblanadi.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bu qaror ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi keskinliklarni keltirib chiqarishi ehtimoldan yiroq emas. Kiyev va Moskva muzokaralari uchun vositachilik qilayotgan G‘arb mamlakatlari, ayniqsa AQSH tomonidan bildirilgan noroziliklarga qaramasdan, Rossiyaning o‘z pozitsiyasidan ortga chekinmasligi xalqaro siyosiy vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin.
Xozirda jahon hamjamiyati diqqati yana Istanbulda o‘tkaziladigan muzokaralarga qaratilgan. Bu uchrashuv qanday natija berishi va vaziyatga qay darajada ta’sir ko‘rsatishi katta qiziqish bilan kutib qolinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar