Istanbul meriyasida korrupsiya tufayli yana hibsga olishlar

1 daqiqa o'qish289
Istanbul meriyasida korrupsiya tufayli yana hibsga olishlar
Turkiyaning eng yirik shahri — Istanbulda korrupsiyaga qarshi kurash yanada keskin tus olmoqda. Bosh prokuratura shahar meriyasida ishlagan 47 nafar shaxsni hibsga olish uchun order berishga rozilik berdi. Ularning barchasi pora olish, tovlamachilik va mansab vakolatlaridan suiste’mol qilishda ayblanmoqda. Bu haqda Haberturk telekanali xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olish ishlari sobiq mer Akrom Imomo‘g‘liga nisbatan olib borilayotgan keng ko‘lamli tergov doirasida amalga oshirilmoqda. Xabarlarga qaraganda, bu korrupsiya ishi doirasida hibsga olishlarning beshinchi to‘lqini hisoblanadi.

Shahar rahbarlari ham qo‘lga olindi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 31 kishi qo‘lga olingan. Ular orasida Beshiktosh va Buyukchekmeje tumanlarining yuqori lavozimli shaxslari ham bor. Jumladan, Buyukchekmeje meri Hasan Oqg‘un va uning atrofidagilar tadbirkorlarga nisbatan bosim o‘tkazgani fosh qilindi. Ular qurilish ruxsatnomalari evaziga «sovg‘a sifatida» villalar, kvartiralar berish yoki mahalliy basketbol jamoasiga «ehson» qilish talabini qo‘ygan.

Agar talab bajarilmagan bo‘lsa, biznesmenlarning qurilish faoliyatiga turli to‘siqlar yaratilgani ham tergov jarayonida aniqlangan.

Sobiq merga qarshi jiddiy ayblovlar

Mart oyidagi tergov doirasida Istanbul sobiq meri Akrom Imomo‘g‘li ham 560 milliard turk lirasi miqdoridagi firibgarlik, mansab vakolatlarini suiste’mol qilish, shuningdek, terror tashkiloti — Kurdiston ishchilar partiyasi bilan hamkorlikda ayblangan edi. U lavozimidan chetlatilib, hibsga olingan.

Ayni paytda tergov organlari yangi guvohlar so‘rog‘i, moliyaviy hujjatlar tahlili va aktivlarning qonuniyligi bo‘yicha tekshiruvlarni davom ettirmoqda. Turkiya jamoatchiligi ushbu ish yuzasidan juda katta qiziqish bilan kuzatmoqda.

Xulosa: Istanbulda siyosiy va huquqiy tozalash jarayoni davom etmoqda. Navbatdagi qadamlarda yana qancha shaxslar nomzodi tergov doirasiga tortiladi — bu borada javob yaqin vaqtlarda ma’lum bo‘lishi mumkin.

Foto: Adem Kutucu
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?