
AQSHning Nyu-Jersi shtatida juda g‘ayrioddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi: 250 millionga yaqin asalarini olib ketayotgan yirik yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Ushbu g‘aroyib voqea Linden shahri yaqinidagi Veydkamp avtomobil yo‘lida ro‘y bergani haqida CBS News telekanali xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yuk mashinasi ichida umumiy og‘irligi 32 tonna bo‘lgan asalari uyalari bo‘lgan. Hodisa natijasida ulkan yuk mashinaning barcha yuki yo‘lga sochilib ketgan va yo‘l-atrofdagi hudud bir zumda asalarilarning hujumiga duch kelgan. Bu hodisa shahar aholisi orasida ancha shov-shuvga sabab bo‘ldi va odamlar o‘zaro hayrat bilan kuzatishdi.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan 20 nafardan ortiq tajribali asalarichi yetib keldi. Ular asalarilarni o‘z uyalariga qaytarish, shuningdek, ona asalarilarni topish uchun jiddiy harakatlarni amalga oshirishdi. Asalarichilarning ma’lum qilishicha, ona asalarilarni topib, ularni qaytadan uyalarga joylashtirish asosiy vazifalardan biri bo‘lgan, chunki bu asalarilarni tezda uyiga qaytarishda yordam beruvchi omil hisoblanadi.
Mahalliy hukumat vakillarining ta’kidlashicha, hodisa natijasida aholi salomatligiga jiddiy xavf yo‘q, biroq allergiyasi bor kishilar ehtiyot bo‘lishlari lozim. Bu hodisaning jiddiy oqibatlari oldini olish maqsadida avtomobil yo‘li ikki kun muddatga yopildi. Chunki bu vaqt oralig‘ida asalarilarning qaytadan o‘z uyalariga qaytishini ta’minlash va yo‘lni to‘liq tozalash kerak.
"Ayni paytda avariya oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha ishlar deyarli yakunlandi. Yuk mashinasida saqlangan uyalar to‘liq tekshirib chiqilib, yaroqlilari qayta tiklanib, asalarilarga qaytarildi. Asalarilar ertalabgacha o‘z uylariga qaytib bo‘lishlari kutilyapti", deb xabar bermoqda mahalliy hokimiyat.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, asalarilar tabiat va inson hayotida juda muhim rol o‘ynaydi. Ular na faqat asal ishlab chiqaradi, balki o‘simliklarni changlatish orqali tabiiy muvozanatni saqlashda katta hissa qo‘shadi. Shuning uchun bu hodisa odamlar e’tiborini asalarilarga bo‘lgan munosabat va atrof-muhitga bo‘lgan ehtirom masalalariga yana bir bor qaratishga sabab bo‘ldi.
AQSHning mazkur voqea yuz bergan hududida shu vaqtgacha bu darajada katta miqdordagi asalari ishtirokidagi voqea kuzatilmagan edi. Bu esa voqeani yanada tarixiy va o‘ziga xos voqelikka aylantirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar