Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon Rossiya harbiy-koinot kuchlari Xamadan viloyatidagi bazadan foydalanishlari mumkinligini aytdi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda. Tehron Rossiya bilan Suriyaning qonuniy hukumatini qo‘llab-quvvatlashga imkon beradigan hamkorlikka tayyor.
Hozircha Rossiya harbiylari tomonidan Dehqon bayonotiga munosabat bildirilmadi.
Rossiya harbiy-koinot kuchlari bu bazadan joriy yilning avgustida foydalangan, biroq uni tomonlar orasida vujudga kelgan "ba’zi tushunmovchiliklar" sababli tark etgandi.
"Kommersant’" nashridagi manbaning tushuntirishicha, kelishmovchiliklar Moskva Eron bazasini to‘laqonli harbiy ob’ekt sifatida qo‘llashni mo‘ljallagani va u erda harbiy kurol joylashtirishni rejalashtirgani sababli vujudga kelgan. Biroq Tehronni bu variant qoniqtirmagan. O‘shanda Dehqon rossiyalik harbiylarni "ma’lum darajada o‘zini katta tutishda va nojentlmencha xatti-harakatda" ayblagandi.
Rossiya Xamadandagi bazada Suriyada terrorchilar pozisiyalariga qarshi hujumlarda ishtirok etuvchi Tu-22M3 strategik bombardimonchilari va Su-34 ko‘p maqsadli samolyotlarini joylashtirmoqchi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»