date
views 199

Istanbulda Ukraina va Rossiya delegatsiyalari uchrashadi

Istanbulda Ukraina va Rossiya delegatsiyalari uchrashadi
Ukraina delegatsiyasi navbatdagi muzokaralar uchun Istanbul shahriga yetib keldi. Bu haqda mamlakat ommaviy axborot vositalari xabar tarqatmoqda.

Tarkibida 14 nafar a’zo bo‘lgan Ukraina delegatsiyasiga mamlakat mudofaa vaziri Rustem Umerov rahbarlik qilmoqda. Muzokaralar ikki delegatsiya o‘rtasida kunning ikkinchi yarmida o‘tkazilishi belgilangan.

Aytish kerakki, Rossiya delegatsiyasi Istanbulga kecha kechqurunning o‘zida yetib kelgan. Rossiya tomonidan muzokaralarga prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qilmoqda.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan tayyorlangan memorandumning ukrain va ingliz tillaridagi nusxalari Ukraina tomoniga yetkazilgan.

Muzokaralar jarayonida qanday yangiliklar yuz berishi va tomonlar qanday qarorlarga kelishlari esa barcha uchun qiziq.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulda Ukraina va Rossiya delegatsiyalari uchrashadi