date
views 473

“O‘rgimchak to‘ri” amaliyoti: Ukraina Rossiyaning strategik havo salohiyatiga katta zarba berdimi?

“O‘rgimchak to‘ri” amaliyoti: Ukraina Rossiyaning strategik havo salohiyatiga katta zarba berdimi?
1 iyun kuni Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) tomonidan “O‘rgimchak to‘ri” deb nomlangan maxsus dron amaliyoti doirasida Rossiya havo kuchlariga qarshi tarixiy zarba berildi. Rasmiy Kiyev ushbu operatsiya orqali Rossiyaning strategik aviatsiya salohiyatiga katta shikast yetkazganini ma’lum qildi va u "tarix darsliklariga kirishi" kerak, deb baholandi.

Hujum joylari va ko‘lami

SBU ma’lumotiga ko‘ra, amaliyot doirasida Murmansk, Irkutsk, Ivanovo, Ryazan va Amur viloyatlarida joylashgan beshta yirik aerodrom Ukraina dronlari hujumiga uchradi. Ulardan Tu-95, Tu-160, Tu-22M3 kabi strategik raketa tashuvchi samolyotlar xavfsizlikni ta’minlovchi hududlardan turib Ukrainaga raketa zarbalarini amalga oshirishda foydalanib kelingan.


Kiyev hujum oqibatida Rossiyaning strategik raketa tashuvchi samolyotlarining 34 foizi ishdan chiqqanini, umumiy zarar esa 7 milliard dollarga yetganini ma’lum qildi. DW agentligiga ko‘ra, kamida 41 ta samolyot jarohatlangan, jumladan strategik razvedka samolyoti — A-50 ham bor.

Ekspertlar qanday baholamoqda?

Harbiy tahlilchi Karlo Masalaning fikricha, Ukraina tomonining ayblovlari to‘g‘ri bo‘lsa, bu “Rossiyaning strategik bombardimonchi flotiga yetkazilgan eng katta va seskantiruvchi zarbalardan biri”dir. Amerikalik jurnalist Boyan Panchevski esa bunday halokatli zarbani “Ikkinchi jahon urushi davridagi Pyorl Xarbor hujumiga teng” deb baholadi.

BBC tahlilchisi Kris Partrij ham ushbu amaliyot natijasida Rossiyaning qanotli raketa zarbalaridagi imkoniyatlari qisqarajagini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “A-50” kabi samolyotlar frontdagi qiruvchi havo kuchlariga boshqaruv va ma’lumot yetkazib turgan — ularning yo‘q qilinishi Rossiyaning havo nazoratini jiddiy sustlashtiradi.

Rossiya blogosferasi va Z-nazariyalar

Z-blogerlar va Rossiyaning urush tarafdori axborot kanallari amaliyotni mutlaqo himoyasiz holda amalga oshirilganligi, havo himoya tizimlari va angaralarning yo‘qligi orqali izohladi. "Dva mayora" telegram kanali buni yadro kuchlari muhofazasiga ham tahdid sifatida baholadi:

“Bu yadro muvozanati kuchlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarbadir. Mahalliy mudofaa tizimlarimiz zaifligini ochiqlaydi.”

Boshqa blogerlar qayd etishicha, zarbaga uchragan samolyotlarning katta qismi Sovet Ittifoqi davrida ishlab chiqarilgan va ularning qayta ishlab chiqarilishi yoki almashtirilishi juda qiyin bo‘ladi.

Xulosa: strategik sinov yoki yangi bosqich?

“O‘rgimchak to‘ri” amaliyoti nafaqat Ukraina uchun harbiy muvaffaqiyat, balki strategik geosiyosiy harakat sifatida baholanmoqda. Dronlar orqali Rossiyaning eng muhim harbiy obyektlariga zarba berish — jahon hamjamiyati uchun jiddiy signal bo‘ldi. Bu hujum kelgusida Rossiyaning havodan hujum qilish salohiyatini cheklash bilan birga, Ukrainaga bo‘lgan harbiy-siyosiy ishonchni ham oshirishi mumkin.

Muzokaralar fonidagi bunday harbiy amaliyotlar, shubhasiz, Istanbuldagi uchrashuvlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ukraina bir qator dipl
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “O‘rgimchak to‘ri” amaliyoti: Ukraina Rossiyaning strategik havo salohiyatiga katta zarba berdimi?