date
views 902

Avstraliyada raketa parvozini kakadu to‘xtatib qoldi: g‘aroyib hodisa tafsilotlari!

Avstraliyada raketa parvozini kakadu to‘xtatib qoldi: g‘aroyib hodisa tafsilotlari!
Avstraliyaning mashhur startap kompaniyasi Gilmour Space Technologies tomonidan ishlab chiqilgan 23 metrli Eris raketasi may oyi o‘rtalarida o‘zining ilk parvozini amalga oshirishi kerak edi. Biroq raketa parvozi so‘nggi daqiqalarda noodatiy sabab tufayli bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.

Kompaniya texnik xodimlari parvoz oldidan elektr simlaridagi nosozlikni aniqladi va bu holat raketa uchirilishini kechiktirishga sabab bo‘ldi. Texnik jamoa nosozlik sababini chuqur tahlil qilganida esa, voqea yanada qiziq tus oldi: kabellardagi nosozlikka inson emas, balki katta kakadu to‘tiqushining daxldor bo‘lganligi gumon qilinmoqda.

Kompaniya rasmiylarining bildirishicha, ushbu qush raketa parvoz maydonchasida joylashgan elektr simlariga g‘oyat katta qiziqish bildirgan va bir necha bor ularga zarar yetkazgan bo‘lishi mumkin. To‘liq tekshiruvlar tugallanmagan va qushning aybdorligi rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, kompaniya vakillari bu katta kakadu raketa tizimidagi elektr kuchlanishining keskin ko‘tarilishida "muhim rol o‘ynagan omillardan biri bo‘lishi mumkinligi" haqida taxmin bildirmoqda.

Gilmour Space Technologies shu kunlarda bu g‘aroyib hodisa bo‘yicha ichki tekshiruvni olib bormoqda va simlardagi nosozlikning aniq sababini to‘liq aniqlash ustida ishlamoqda. Ular tez orada Eris raketa tizimi uchun yangi parvoz vaqtini rasman e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliyada ko‘p tarqalgan kakadu to‘tiqushlari tez-tez o‘zlarining o‘ta qiziquvchanligi bilan odamlarning e’tiborini jalb qilib turadi. Lekin tarixda ilk bor bu qushning raketa uchirilishini to‘xtatib qolgani jamoatchilik orasida shov-shuv bo‘lmoqda. Bu voqea avstraliyaliklar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda ham faol muhokama qilinmoqda.

Kakadu to‘qtata olgan raketa tez orada yana bir bor o‘z omadini sinab ko‘radi. Ular bu safar qushlarga qarshi himoya choralarini ko‘rib chiqishni ham rejalashtirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda esa "parvozga qarshi kakadu" degan hazilomuz ibora keng tarqalmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada raketa parvozini kakadu to‘xtatib qoldi: g‘aroyib hodisa tafsilotlari!